R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


I. «Uzoq muddatli aktivlar»



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

I. «Uzoq muddatli aktivlar»;
II. «Joriy aktivlar».
Passivda esa yuqoridagi bo‘limlar qarshisida quyidagi bo‘limlar 
joylashgan:
I. «O‘z mablag‘lari manbalari»;
II. «Majburiyatlar».
Balans aktivi va passividagi alohida bo‘limlarning o‘zaro 
bog‘liqligini 4.1-rasmda ko‘rsatish mumkin.
I bo‘lim.
Uzoq muddatli
aktivlar 
I bo‘lim.
O‘z mablag‘lari
manbalari 
II bo‘lim.
Joriy aktivlar 
II bo‘lim.
Majburiyatlar 
 
4.1-rasm. Balans aktivi va passividagi bo‘limlarning o‘zaro 
aloqadorligi. 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, uzoq muddatli aktivlar ham, joriy 
aktivlar ham korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari va majburiyatlar 
(qarz manbalar) hisobidan tashkil topishi mumkin.


74 
Buxgalteriya balansining shakli O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Namunaviy shakldagi balansni 
qisqartirilgan holda quyidagi jadval ko‘rinishida keltirish mumkin (3.1-
jadval). 
Balans aktivining I «
Uzoq muddatli aktivlar
» bo‘limida asosiy 
vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, 
o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo‘yilmalar va shunga o‘xshash 
aks ettiriladi.
Aktivning 
II «Joriy aktivlar»
bo‘limida yuqori likvidli, ya’ni pulga 
aylantirilishi nisbatan oson xo‘jalik mablag‘lari guruhlangan. Bularga 
asosan, materiallar, o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari, tugal-
lanmagan ishlab chiqarish, debitor qarzlar, qisqa muddatli moliyaviy 
investitsiyalar hamda pul mablag‘lari kiradi.
Balansning passivida (o‘ng tomoni) o‘z mablag‘larining manbasi 
va majburiyatlar aks ettiriladi.
Passivning I «
O‘z mablag‘lari manbasi
» bo‘limida xususiy kapital 
asosiy o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida»gi qonuni 19-moddasiga muvofiq: 
«Xususiy kapital ustav 
fondidan (ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan va 
taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi».
Balans passivining II «
Majburiyatlar
» bo‘limida korxona 
majburiyatlari ularning muddatiga ko‘ra: uzoq muddatli majburiyatlar va 
qisqa muddatli majburiyatlarga ajratilgan holda ko‘rsatiladi. Xususan, 
bu bo‘limda quyidagi majburiyatlar aks ettiriladi:

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin