80
gusida ularni qoplashga umid borligini bilishlari zarur. Sanatsiyalovchi
balans auditor yordamida, xo‘jalik yurituvchi subyektdagi haqiqiy
holatni baholash maqsadida, hisobot davri tugamasdan oldin tuziladi.
Tugatish balansi
xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilayotganda
tuziladi. U boshqa balanslardan o‘z moddalarining hisob (dastlabki yoki
tiklanish) qiymati bo‘yicha emas, balki tugatilish paytida har bir
aktivning sotish mumkin bo‘lgan bahoda baholanishi bilan tubdan farq
qiladi. «Noumid qarzlar», «Zararlar», «Kelgusi davr daromadlari» va
«Kelgusi davr xarajatlari» moddalari tugatish balansiga kiritilmasligi
mumkin. Ammo gudvill, patent va savdo belgilari qiymati kabi yangi
moddalar paydo bo‘lishi mumkin. Tugatish davri boshidan barcha o‘z
mablag‘lari maxsus ochiladigan «Tugatish» schotida hisobga olinib,
unda keyinchalik mulkiy moddalar va xo‘jalik yurituvchi subyektni
tugatish xarajatlari o‘rtasidagi farq ko‘rsatiladi.
Bo‘linish balansi
yirik korxonani bir qancha mayda korxonalarga
bo‘lish, bitta yoki bir nechta bo‘linmalarni boshqa korxonaga berish
paytida tuzilib, so‘nggi holatda balans
o‘tkazish balansi
deb ham ataladi.
Birlashtirish balansi
bir nechta korxonalar bittaga birlashganida
tuziladi.
Huquqiy maqomi bo‘yicha buxgalteriya balanslari quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: