104
to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar bilan birga ma’lum vaqtga
xarajatlarning har bir turi (masalan, ish haqi, urug‘lik, amortizatsiya va
hokazolar), shu bilan birga ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning har
bir turi bo‘yicha (paxta, don, sut, tuxum va hokazolar) xarajatlar
summasi va turlari bo‘yicha tafsiloti bilan aniqlangan ko‘rsatkichlar ham
bo‘lishi zarur. «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schotlar» schotida korxonaning ma’lum bir davrga mol yetkazib
beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan qarz summasi ko‘rinib
turishi
bilan birga har bir mol yetkazib beruvchi va pudratchi bilan
hisoblashuvlar to‘g‘risida ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, deyarli hamma schotlarda ham umumiy ko‘rsat-
kichlar bilan birga tafsiloti aniqlangan ko‘rsatkichlar ham bo‘lishi zarur
ekan. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobida hisob obyektlarini
umumlashtirib hisobga oladigan (sintetik)
schotlar bilan birga ularni
turlari bo‘yicha alohida hisobga oladigan (analitik) schotlardan
foydalanishga zarurat tug‘iladi.
Shunga ko‘ra buxgalteriya hisobida ikki xil, ya’ni
sintetik va
analitik schotlar qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: