131
2)
boshlang‘ich qoldiqlar aktiv schotlarning chap tomoniga,
passiv
schotlarning esa o‘ng tomoniga yoziladi, ya’ni ular balansda ham
tegishli moddalar bo‘yicha shunday joylashgan;
3)
schotlarning boshlang‘ich qoldiqlarini va hisobot davridagi xo‘jalik
muomalalarini hisobga olgan holda chiqarilgan oxirgi qoldiqlari keyingi
hisobot sanasi uchun balans tuzishda birlamchi ma’lumot bo‘lib xizmat
qiladi;
4)
balans ko‘rsatkichlarining mazmunini ochib berish tegishli schotlarda
aks ettirilgan oborotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘llash
bilan
namoyon bo‘ladi. Masalan, balansning «Tovarlar» (180-satr) moddasi
bo‘yicha ikkala firmaning qoldig‘i 10 mln. so‘mni tashkil etgan, ammo
ushbu tovarlarning yillik oboroti birinchi firmada 120 mln. so‘m yoki
yillik zaxiraning 1/12 qismi, ya’ni bir oylik zaxira;
ikkinchi firmada
ushbu ko‘rsatkich 20 mln. so‘m, ya’ni u yarim yillik zaxiraga ega.
Schotlar, ikkiyoqlama yozuv va balans o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlikning mazmunini quyidagi misollarda ochib beramiz:
Dostları ilə paylaş: