167
investorlarning talablarini qondirish uchun ko‘plab tuzatish yozuvlari
qilinar edi.
Yangi schotlar rejasini qabul qilish va amaliyotda qo‘llash
mamlakatimizda buxgalteriya hisobini
xalqaro tan olingan hisob
amaliyoti bilan yaqinlashtirish bo‘yicha faol va aniq maqsadga
yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish alohida dolzarb hisoblanadi.
Hukumat
tomonidan
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tkazish to‘g‘risidagi
qaror qabul qilinishi moliyaviy axborotlarni shakllantirish jarayonlarini
sezilarli darajada o‘zgartirish zaruratini belgilab berdi. Buning natijasida
milliy buxgalteriya hisobi tizimi moliyaviy hisobot xalqaro standartlari
bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish uchun yaroqli ma’lumotlarni
tayyorlash, eng kamida ushbu standartlar asosida olingan ma’lumotlar
bilan taqqoslashni ta’minlaydi.
Schotlar rejasini qayta ko‘rib chiqishga
asosiy yondashuvlar eski
schotlar rejasini va yangi schotlar rejasining loyihasini chuqur tahlil
qilish natijasida shakllandi. Shuningdek, yangi schotlar rejasi amaliyotga
bosqichma-bosqich tatbiq qilindi. Yangi schotlar rejasini tuzilish
negizida quyidagi yondashuvlar yotadi:
buxgalteriya hisobida shakllanadigan moliyaviy axborotlar
mazmunining schotlar rejasi tuzilmasiga bog‘liq emasligi;
xo‘jalik faktlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantirish va bir
tizimga solish jarayonining soliqqa tortish maqsadlari uchun ma’lumot-
larni shakllantirishdan nisbatan mustaqilligi;
hisob jarayonining buxgalteriya
hisobotlarining qandaydir
ma’lum turidan nisbatan mustaqilligi;
buxgalteriya hisobining umumuslubiy tamoyillariga rioya qilgan
holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ishchi schotlari rejasini mustaqil
tuzishlarini ta’minlash;
yangi schotlar rejasi bilan ishlashning amaliy jihatdan qulayligi;
schotlar rejasi tuzilishidagi qulaylik.
Schotlar rejasida schotlarning nomlari va xos raqamlari berilgan.
Schotlarning xos raqamlari to‘rt xonali, balansdan tashqari schotlarniki
esa uch xonali.
Schotlarga xos raqam berilishi (kodlashtirilishi) dastlabki
hujjatlarga ishlov berishni tezlashtiradi. Hujjatlarga belgi qo‘yishda
ularga debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlarning nomlari o‘rniga
korrespondensiyalanuvchi schotlarning xos raqamlari ko‘rsatiladi.
168
Analitik schotlar schotlar rejasiga kiritilmagan. Chunki bu uni
foydalanuvchi uchun qo‘pol va noqulay shaklga keltiradi.
Schotlar
rejasiga uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma ilova qilingan. Unda
schotlarning iqtisodiy tavsifi va ularning o‘zaro korrespondensiyalanishi
berilgan. Schotlar rejasining yo‘riqnomasida keltirilgan schotlarning
namunaviy korrespondensiyalanishi schotlar korrespondensiyalani-
shining barcha variantlarini to‘liq qamrab olmaydi. Xo‘jalik faktlari
bo‘yicha xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda namunaviy schotlar
korrespondensiyasida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, korxonaning o‘zi ularni
to‘ldirishi mumkin. Bunda buxgalteriya hisobini
yuritishning qoidalari
va asosiy uslubiy tamoyillariga rioya qilinishi lozim. Schotlar rejasidagi
barcha schotlar oltita qism va to‘qqiz bo‘limga guruhlangan (
1-ilovaga
qarang
).
Buxgalteriya hisobining namunaviy schotlar rejasiga muvofiq har
bir xo‘jalik yurituvchi subyekt faqat mazkur subyektda qo‘llaniladigan
schotlardan iborat
ishchi schotlar rejasi
ni ishlab chiqadi. Ishchi schotlar
rejasi korxona hisob siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Zarur hollarda namunaviy schotlar rejasiga, schotlarning bo‘sh
turgan xos raqam belgilaridan foydalanib, O‘zR Moliya vazirligi bilan
kelishilgan holda qo‘shimcha schotlar kiritish mumkin.
Yagona schotlar rejasi buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish va
yo‘lga qo‘yish uchun ulkan ahamiyatga ega.
U buxgalteriya hisobining
bir xilligini ta’minlaydi, uni tartibga solish va soddalashtirishga yordam
beradi.
Schotlar rejasidan foydalanish amaliyotda buxgalter ishini ancha
tezlashtiradi. Chunki schotlarning nomlari o‘rniga faqat ularning xos
raqamlari va ular asosida tuziladigan buxgalteriya provodkalari
ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: