169
Doimiy schotlar deb nomlanishiga sabab,
ular har hisobot
davrining oxirida yopiladigan tranzit schotlardan farqli hamma vaqt
qoldiqqa ega bo‘ladi. Doimiy schotlar balansda ko‘rsatiladi
va shuning
uchun ular balans schotlari deb ham ataladi. Bularga aktivlarni,
majburiyatlarni va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schotlar kiradi.
Doimiy schotlarga aktiv, passiv va kontrar (kontr-aktiv va kontr-passiv)
kiradi.
Aktiv schotlar har xil aktivlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, ularning qoldig‘i va ko‘payishi
debet tomonida, kamayishi esa
kredit tomonida aks ettiriladi.
Passiv schotlar majburiyatlar va kapitalni aks ettirish uchun mo‘l-
jallangan bo‘lib, ularning qoldig‘i va ko‘payishi
kredit tomonida,
kamayishi esa debet tomonida aks ettiriladi.
Kontrar schotlar – bu qoldig‘i o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy
schotlar qoldig‘idan ayirilib, moliyaviy hisobotda
aktivlar yoki majbu-
riyatlarning sof qiymatini aks ettirish uchun xizmat qiladi. Masalan,
0200- «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schotlar»( 0211-
0299) kontr-aktiv bo‘lib, ularning qoldig‘i tegishli asosiy vositani
hisobga oluvchi schot qoldig‘idan chegirilib, balansda asosiy vositaning
sof qiymatini aks ettirish uchun qo‘llaniladi. 8600- «Sotib
olingan
xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schotlar» (8610,8620) kontr-passiv
bo‘lib, ularning qoldig‘i 8300 «Ustav
kapitalini hisobga oluvchi
schotlar» (8310,8320) qoldig‘idan chegirilib, balansda ustav kapitalining
real qiymatini aks ettirish uchun qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: