8.6. Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish
Inventarizatsiya natijalari quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
Mulklarning haqiqatda mavjud qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
inventarizatsiya
ro‘yxatiga yoziladi. Inventarizatsiya ro‘yxatida
inventarizatsiya qilinadigan qiymatliklar va obyektlar nomlari hamda
ularning miqdori buxgalteriya hisobida qabul qilingan o‘lchov birliklari
va hisob nomenklaturalari bo‘yicha ko‘rsatiladi. Inventarizatsiya
ro‘yxatlari qo‘lda (siyohli yoki sharikli ruchkada) yoki hisoblash
texnikalaridan foydalangan holda ikki nusxadan kam bo‘lmagan
miqdorda to‘ldiriladi. Ro‘yxatlar aniq va ravshan, tuzatishlarsiz
to‘ldiriladi.
Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish
Inventarizatsiya
ro‘yxati
(3-4 nusxa)
Taqqoslash qaydnomasi (hisob
miqdor-nav bo‘yicha yuritil-
ganda) Inventarizatsiya natija-
larini rasmiylashtirish bayon-
nomasi (hisob so‘mda yuritil-
ganda)
Inventarizatsiya ro‘yxatida
Tovar-moddiy
qiymatliklarning (nomlari,
miqdori, o‘lchov birligi,
bahosi) haqiqatda mavjudligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks
ettiriladi.
Taqqoslash
vedomosti(inventarizatsiya
dalolatnomasi)da haqiqiy
qoldiqlar bilan buxgalteriya
hisobi ma’lumotlarini
taqqoslash natijalari aks
ettiriladi.
228
Ma’lumotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish sharoitida tovar-
moddiy qiymatliklarning inventarizatsiya ro‘yxatlari mashinogramma
ko‘rinishida chiqariladi. Bunda komissiya faqat haqiqiy qoldiqlarni, shu
jumladan hisobda aks ettirilmay qolgan ishlab chiqarish zaxiralari
bo‘yicha ham aks ettiradi. Inventarizatsiya ro‘yxatining har bir betida
moddiy qiymatliklar tartib raqamlarining soni va mazkur betda yozilgan
natural ko‘rsatkichlardagi miqdorning umumiy jami, ular qanday
o‘lchov birliklarida (dona, kilogramm, metr va h.k.) ko‘rsatilishidan
qat’i nazar aks ettiriladi. Xatolarni tuzatish ro‘yxatning barcha betlarida
xato yozuvlarni ustidan chizish va chizilgan yozuv yuqorisiga to‘g‘risini
yozish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tuzatishlar inventarizatsiya
komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan
imzolanishi va izohlanishi lozim. Inventarizatsiya ro‘yxatlarida
to‘ldirilmagan satrlarni qoldirishga ruxsat etilmaydi. Oxirgi betdagi
to‘ldirilmagan satrlar chizib qo‘yiladi. Ro‘yxatning oxirgi betida baholar
tekshirilganligi, taksirovka qilinganligi va jamlanganligi to‘g‘risida
ushbu tekshiruvni amalga oshirgan shaxslar imzolari bilan belgi
qo‘yiladi. Ro‘yxatlar inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va
moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Ro‘yxat oxirida
moddiy javobgar shaxslar komissiya tomonidan mulklar ularning
ishtirokida tekshirilganligini, inventarizatsiya komissiyasi a’zolariga
e’tirozlari yo‘qligini va ro‘yxatda keltirilgan barcha mulklarning o‘z
javobgarligiga qabul qilinganligini tasdiqlaydigan
tilxat
yozib beradi.
Moddiy javobgar shaxslar almashgan hollarda mulklarning
haqiqatda mavjudligi tekshirilganida qabul qiluvchi ushbu mulklarni
qabul qilganligi, topshiruvchi esa topshirganligi to‘g‘risida imzo
qo‘yadi. Balansdan tashqari schotlarda hisobda turgan mulklar (mas’ul
saqlash uchun qabul qilingan, qisqa muddatli ijaraga olingan, qayta
ishlashga qabul qilingan va h.k.) alohida ro‘yxatga olinadi. Moddiy
javobgar shaxslar inventarizatsiyadan so‘ng ro‘yxatlarda xatolar
borligini aniqlaganda, ular zudlik bilan (omborxona, seksiya va sh.o‘.
ochilgunga qadar) inventarizatsiya komissiyasi raisiga bildirishlari
lozim. Inventarizatsiya komissiyasi ko‘rsatilgan faktlarni tekshiradi va
ular tasdiqlanganida belgilangan tartibda tuzatadi. Yaroqsiz va buzilgan
materiallar hamda tayyor mahsulotlar uchun tegishli dalolatnomalar va
alohida inventarizatsiya ro‘yxatlari tuziladi.
Inventarizatsiya natijalarini aks ettirish uchun korxonada birlamchi
hisob hujjatlarining quyidagi shakllaridan foydalaniladi (№19-BHMSga
ilovalar):
|