225
Ishchi inventarizatsiya komissiyalari zimmasiga quyidagi majbu-
riyatlar yuklanadi:
–
moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larini saqlash joylarida
hamda ishlab chiqarishni inventarizatsiya qilish;
–
korxona buxgalteriyasi xodimlari bilan birgalikda inventari-
zatsiya natijalarini aniqlash, kamomad va oshiqchaliklarni hisobga
o‘tkazish hamda tabiiy kamayish me’yorlari doirasidagi kamomadlarni
hisobdan chiqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
–
tovar-moddiy qiymatliklar kirimi, saqlanishi va berilishini
tartibga keltirish hamda me’yordan oshiqcha va ishlatilmayotgan
qiymatliklarni sotish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
–
obyektlarni tekshirish natijalari bo‘yicha inventarizatsiya
ro‘yxatlari va dalolatnomalarini rasmiylashtirish.
Bulardan tashqari, ishchi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari
quyidagilar uchun mas’ul hisoblanadi:
–
korxona rahbarining buyrug‘iga muvofiq inventarizatsiya
o‘tkazish muddatlari va tartibiga rioya qilinishi;
Inventarizatsiya boshlanish kuniga moddiy qiymatliklar kirimi va
chiqimiga doir barcha hujjatlarga to‘liq ishlov berilib, analitik hisob
kartochkalariga yozilgan va qoldiqlar chiqarilgan bo‘lishi lozim.
Inventarizatsiya o‘tkazish chog‘ida komissiya a’zolaridan biror-
tasining ishtirok etmasligi inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas deb
hisoblashga asos bo‘ladi.
Ishchi inventarizatsiya komissiyasi tovar-moddiy qiymatliklarning
mavjudligini tekshirishga kirishishdan oldin, quyidagi ishlarni amalga
oshirishlari lozim:
–
yordamchi
xonalar,
podvallar
va
oddiy
qiymatliklar
saqlanadigan joylarni plombalash;
–
barcha o‘lchov asboblarining to‘g‘riligini va ularning
tamg‘alash muddatlariga rioya qilinishini tekshirish;
№19-BHMSga 1-ilova.
Dostları ilə paylaş: