219
inventarizatsiya yil davomida bir necha marta o‘tkazilishi mumkin. Bu
dastlabki hisob hujjatlarining ma’luotlarini
aniqlashtirish, moddiy
javobgar shaxslar ishlari ustidan nazoratni kuchaytirish va suiiste’mol-
liklarga barham berishga imkon yaratadi.
Obyektlarni qamrab olishining to‘liqligiga ko‘ra inventarizatsiya
tanlab yoki yoppasiga o‘tkaziladi.
Korxonada moddiy qiymatliklar miqdori ko‘p bo‘lgan hollarda
inventarizatsiya tanlab o‘tkaziladi. Tanlab inventarizatsiya o‘tkazishdan
maqsad tovar-moddiy qiymatlar saqlanishi, ularni saqlash qoidalarining
bajarilishi, moddiy javobgar shaxslar tomonidan
omborxona hisobini
yuritish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish hisoblanadi.
Yoppasiga inventarizatsiya korxonaning barcha bo‘linmalarida,
shu jumladan, alohida balansga ajratilgan bo‘linmalarda ham bir vaqtda
o‘tkaziladi.
Inventarizatsiya tayinlanishi va tavsifiga ko‘ra
reja bo‘yicha,
rejadan tashqari, takroriy va nazorat-tekshiruv kabi turlarga bo‘linadi.
Rejali inventarizatsiya,
odatda, oldindan belgilab qo‘yilgan
muddatlarda reja(jadval)ga muvofiq o‘tkaziladi.
Rejadan tashqari (to‘satdan) inventarizatsiya
esa korxona
rahbariyatining
farmoyishi, nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi
organlar tashabbusiga ko‘ra zarur hollarda o‘tkaziladi. Rejadan tashqari
inventarizatsiya tayinlanganida oldingi o‘tkazilgan inventarizatsiya vaqti
va uning natijalari inobatga olinadi. Odatda, bunday inventarizatsiya
moddiy javobgar shaxslar almashganida yoki moddiy boyliklarning
qabul qilinishi va berilishida qoidabuzarlik holatlari to‘g‘risida
rahbariyatga bildirilganida yoki boshqa turdagi suiiste’mol
qilish
hollarida o‘tkaziladi.
Tovar-moddiy boyliklar qayta baholanish oldidan ham inventa-
rizatsiya qilinishi mumkin. Shuningdek, rejadan tashqari inventarizatsiya
tabiiy ofat (yong‘in, sel, suv toshqini), o‘g‘irlik, moddiy javobgar
shaxslarning ta’tilga chiqishi yoki kasal bo‘lish hollarida ham
o‘tkaziladi.
Takroriy inventarizatsiya
o‘tkazilgan inventarizatsiyaning ishonch-
liligi, haqqoniyligi va sifatiga shubha
vujudga kelgan hollarda
tayinlanadi.
Inventarizatsiya jarayoni yakunlanganidan so‘ng inventarizatsiya
o‘tkazishning to‘g‘riligi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari va moddiy
javobgar shaxslar ishtirokida inventarizatsiya o‘tkazilgan omborxonalar
ochilishidan oldin
nazorat tekshiruvidan
o‘tkazilishi shart. Bunday
220
tekshiruv tekshirilgan mulklarning 10% idan kam bo‘lmagan qismini
qamrab olishi lozim. Natijalar bo‘yicha tafovutlar aniqlanganda korxona
rahbari inventarizatsiya o‘tkazgan komissiya a’zolari va moddiy
javobgar shaxslardan tushuntirish xati talab qilishi lozim.
Qo‘shib yozish va boshqa suiiste’mol qilish
hollari aniqlanganida
korxona rahbari inventarizatsiya komissiyasini tarqatib yuboradi va
aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini hal etadi. Shundan
so‘ng yangi inventarizatsiya komissiyasi tayinlanadi.
Dostları ilə paylaş: