214
- buxgalteriyaga qabul qilingan hujjatlar ma’lumotlaridagi chalkash-
liklar, mol-mulklarni baholashdagi va buxgalteriya yozuvlaridagi xatolar
va h.k.
Buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat funksiyasi
ushbu farqlarni eng qisqa muddatlar ichida aniqlashni, buxgalteriya
hisobi va hisobotlarida aniqlangan farqlar natijalaridan kelib chiqadigan
va ularga to‘la mos keladigan tegishli tuzatishlarni kiritishni nazarda
tutadi. Buxgalteriya hisobi mol-mulklarning mavjudligi to‘g‘risidagi
hisob ma’lumotlarining ishonchliligini, debitorlik va kreditorlik qarzlar
to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarining haqqoniyligini inventarizatsiya
qilish yo‘li bilan samarali nazorat qila olishi mumkin.
Inventarizatsiya tushunchasi lotincha bo‘lib, «inventarium» aynan
tarjimasi «xo‘jalik buyumlarining aniq va batafsil ro‘yxati» degan
ma’noni bildiradi.
Inventarizatsiya o‘tkazish O‘zbekistonda davlat ahamiyatiga ega
bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonunga muvofiq «Buxgal-
teriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda aniqligi
aktivlar va majburiyatlarni majburiy suratda inventarizatsiya qilish
orqali tasdiqlanadi» (16-modda). Agar buxgalteriya balansining barcha
moddalari to‘liq inventarizatsiya qilinmagan bo‘lsa va bunday
inventarizatsiya natijalari buxgalteriya hisobotiga kiritilmagan bo‘lsa,
buxgalteriya hisoboti haqiqiy hisoblanmaydi. Qonundan kelib chiqadi-
gan ushbu talablarni amalga oshirish maqsadida №19 «Inventari-
zatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli O‘zbekiston Respublikasi
buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) ishlab chiqilgan
(O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-
oktabrda №EG./17-19-20-75-sonli buyruq bilan tasdiqlangan va Adliya
vazirligida 1999-yil 2-noyabrda 833-raqam bilan ro‘yxatga olingan).
Unda korxonaning mol-mulklari va moliyaviy majburiyatlarini
inventarizatsiya qilish hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi
belgilangan. Shuningdek, №4 – «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMS
talablariga muvofiq, «mulkchilik va faoliyat turidan qat’i nazar, barcha
korxonalar har yili yillik hisobotlar va balanslarni tuzishdan oldin asosiy
vositalar, kapital qo‘yilmalar, tugallanmagan kapital qurilishlar, tovar-
Dostları ilə paylaş: