O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash instituti



Yüklə 64,9 Kb.
səhifə1/5
tarix12.05.2023
ölçüsü64,9 Kb.
#112301
  1   2   3   4   5
Ganiyeva N (Восстановлен)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH INSTITUTI

Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi

Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanidan

Inventarizatsiya
mavzusidagi

KURS ISHI
Bajardi: 2-kurs 6 guruh talabasi G’aniyeva N
Kurs ishi rahbari: dotsent Tabayev A.Z


Toshkent – 2021
Mundarija :

Kirish……………………………………………………


1.Inventarizatsiya haqida tushuncha…………………….
2.Inventarizatsiyaning turlari……………………………
3.Inventarizatsiyaning o’tkazilishiga qo’yiladigan talablar va o’tkazish jarayoni….
Xulosa va mulohazalar
Foydalangan adabiyotlar.

Kirish
Hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan globallashuv davrida hisobni to’g’ri yuritish bu yaxshi hayot kafolatidur. Qadimdan insonlar o’zlarining shu sohaga oid bilimlarini mustahkamlab, yanada oshirib kelishgan. Chunki insonlar bunga avvalroq amin bo’lishgan. Qadimdan odamlar qachon qish kelishini, qachon yig’im-terim boshlanishini, qachon yashab turgan joydan ketish kerakligini bilishgan. Albatta, insonlar o’zlari bilmagan holda hisob amaliyotini bajarganlar.
Lekin, hozirga kelib hisob avvalgidan ancha o’zgarib hozirgacha rivojlanib kelmoqda. Buxgalteriya hisobi hozirgi ko’rinishga ega bo’lishi uchun bir qancha g’arb va sharq olimlari o’zlarining hissalarini qo’shganlar.
O’zbekiston Respublikasi hisob tizimi va buxgalteriya hisobi ham yaxshi tashkil etilgan bo’lsa ham, bir necha unsurlari hozirgi zamon talabiga to’g’ri kelmasligi mumkin. Masalan, xalqaro standartlarda sotish lahzasida mulkka bo’lgan egalikni unga bo’lgan huquqni qo’lga kiritganda deb hisoblaydilar. Bizda esa unga bo’lgan huquqni pul to’langandan keyin qo’lga kiritadilar. Xuddi shu singari ziddiyatlar inventarizatsiya jarayonida ham mavjud. Shu sababdan hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi ham xalqaro standartlarga sekin-astalik bilan o’tmoqda.
Nafaqat buxgalteriya hisobi, balki, hisobning o’zi ham to’g’ri tashkil qilingan ekan, rivojlanish ham shunga mutanosib ravishda o’sib boradi. Ko’pchilik taniqli iqtisodchi va buxgalterlar, buxgalteriya hisobi va umuman hisob rivojlanishi uchun, o’z oldiga o’zining tamoyillari, maqsadlari, qonun-qoidalari va vazifalarini qo’ymog’i lozim deb hisoblaydilar. Bu narsa hisob va buxgalteriya hisobining to’g’ri tashkil etilishiga juda kata yordam beradi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki buxgalteriya hisobining haqqoniyligini va to’griligini ta’minlashning usullaridan biri bu inventarizatsiyadir.

Yüklə 64,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin