O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash instituti



Yüklə 64,9 Kb.
səhifə3/5
tarix12.05.2023
ölçüsü64,9 Kb.
#112301
1   2   3   4   5
Ganiyeva N (Восстановлен)

2.Inventarizatsiyaning turlari.
Inventarizatsiya qilishning o’tkazilish tartibiga qarab rejali va to’satdan amalga oshirilgan inventarizatsiya qilishlarga bo’linadi.
Yuqorida ko’rsatilgan inventarizatsiya qilish muddatlariga qarab xo’jalik yurituvchi sub’ektda bir yilda o’tkazilgan inventarizatsiya qilishlar rejasi tuziladi. Shu rejaga asosan xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli barcha qiymatliklar inventarizatsiya qilinadiva bu ma’lumotlar buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Ana shu yo’l bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining realligi ta’minlanib beriladi. Moddiy javobgar shaxslar almashgan vaqtda almashish kuni inventarizatsiya o’tkazilishi shart. Rejali inventarizatsiya qilishni o’tkazish uchun bir qancha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Rejali inventarizatsiya qilishdan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda to’satdan ham inventarizatsiya qilish o’tkaziladi. Bunday inventarizatsiya qilishlar xo’jalik yurituvchi sub’ekti rahbari ga yoki yuqori tashkilot va idoralarga tegishli ob’ektdagi javobgar shaxsning nojo’ya harakatlari haqida biror xabar kelganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati taftish qilinishi davrida, o’t olish, suv toshishi va boshqa ba’zi sabablarga ko’ra amalga oshiriladi.
Har qanday inventarizatsiya qilish xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Bu buyruqda inventarizatsiya qilish xarakteri, nimalarni inventarizatsiya qilish, inventarizatsiya qilishni o’tkazish muddati va inventarizatsiya qilishni o’tkazadigan komissiya a’zolarining ro’yxati ko’rsatiladi.
Inventarizatsiya qilish O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobining “Inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish” degan 9-son milliy standartida ko’rsatilgan muddatlarda; moddiy javobgar shaxslar almashganda; talon-tarojlik, o’g’rilik yoki suiste’mollik aniqlanganda; o’t olganda yoki tabiiy ofatdan keyin; asosiy vosita va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda va boshqa holatlarda o’tkaziladi. Jamoa (brigada) moddiy javobgarligi sharoitida agar uning birgadiri (rahbari) almashsa, jamoa (brigada)dan uning a’zolarining 50 foizdan ko’pi ketib qolsa hamda jamoa a’zolarining biri yoki bir nechtasi talab qilsa ham inventarizatsiya o’tkaziladi.
Qiymatliklarning butligini ta’minlaydigan tadbiriy choralarni amalga oshirish kerak bo’lib qolsa, inventarizatsiya o’tkazishni tashkil qilish, ishchi inventarizatsiya qilish komissiyalarining a’zolariga yo’l-yo’riq berish, inventarizatsiya qilishning to’g’ri o’tkazilishini tekshirish, inventarizatsiya qilish natijalarining to’g’ri chiqarilishini tekshirish, navlar almashuvi natijasida sodir bo’lgan kamomad va ortiqchaliklarni o’zaro berkitish haqida qilingan takliflarning asosliligini tekshirish kerak bo’lib qolgan hollarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining topshirig’i bilan qayta to’la inventarizatsiya o’tkazish, kamomad yoki qiymatliklar buzilishiga yo’l qo’ygan shaxslardan olingan tushuntirish xatlarini ko’rib chiqish va aniqlangan kamomad va qiymatltiliklarning buzilishidan ko’rilgan yo’qotishni tartibga solish haqida takliflar berish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektda doimiy xarakat qiluvchi inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiyani raisi shu xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbari yoki uning o’rinbosari bo’ladi. Komissiya tarkibiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bosh buxgalteri, bo’linmalarning rahbarlari va mutaxassislar hamda kasaba uyushmasining vakillari kiritiladi.
Joylarda qiymatlik va pul mablag’larini inventarizatsiya qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya qilish natijalarini aniqlashda qatnashish, navlar almashuvi natijasida sodir bo’lgan kamomad bilan ortiqchaliklarni o’zaro berkitish hamda tabiiy kamayish me’yorlari chegarasida kamomadlarni hisobdan chiqarish masalalari bo’yicha takliflar ishlab chiqish, mol-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va chiqarish, ularning hisobi va butligi ustidan nazoratni yaxshilash masalalari hamda me’yordan ortiq va foydalanilmayotgan moddiy qiymatliklarni sotish haqida takliflar qilish, inventarizatsiya qilishni xo’jalik yurituvchi sub’ekt buyrug’ida ko’rsatilgan muddatda o’tkazish va uni o’tkazish tartibini saqlash, xatlashga yozilgan ma’lumotlarning haqiqatga to’g’ri kelishini ta’minlash va inventarizatsiya qilish materiallarini to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektda qiymatliklarni inventarizatsiya qiluvchi ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiyaning raisi shu xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining vakili bo’ladi. Komissiya tarkibiga mutaxassis, muhandis, texnolog, mexanik, ishni amalga oshiruvchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar kiritiladi. Komissiyaga qiymatliklarni inventarizatsiya qilish, baholarni va boshlang’ich hujjatlarni yaxshi biladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning xizmatchilari qo’shilishi kerak.
Bir moddiy javobgar shaxsni inventarizatsiya qilish uchun bir shaxsni birin-ketin ikki marta ishchi inventarizatsiya qilish kosissiyasiga rais qilib tayinlash mumkin emas.
Yil davomida inventarizatsiya qilishlar o’rtasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda muntazam ravishda tovar-moddiy qiymatliklarni ularni saqlanish joylarida tekshirish turish va saralab inventarizatsiya qilish kerak. Buning uchun xo’jalik brituvchi sub’ektlarda tekshirish va saralab inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiya inventarizatsiya qilish davrlari o’rtasida qiymatliklarning butligi, ularni saqlash qoidalarining bajarilishi va moddiy javobgar shaxslar tomonidan o’rnatilgan boshlang’ich hisob yuritish tartibining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi.
Doimiy harakat qiluvchi inventarizatsiya qilish komissiyasi, ishchi inventarizatsiya qilish komissiyalari, tekshirish va saralab inventarizatsiya qilish komissiyalarining tarkibi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyruhi bilan tasdiqlanadi.
Inventarizatsiya qilish boshlanishi oldidan ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasining a’zolariga inventarizatsiya qilishni o’tkazish haqida chiqarilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i, komissiyalarning raislariga esa nazorat plombasi ham beriladi. Хo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’ida inventarizatsiya qilishni o’tkazish bo’yicha ishlarni boshlash va tamomlash muddatlari ko’rsatiladi. Agar inventarizatsiya qilish komissiyasi a’zolarining hammasi bo’lmasa qiymatliklarni inventarizatsiya qilish mumkin emas. Ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasining ishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada inventarizatsiya qilish natijalari, ombor xo’jaligining holati va tovar-moddiy qiymatliklar butligining ta’minlanishini tekshirish natijalari qayd qilinadi.
Rejali inventarizatsiya qilish o’tkazilganda moddiy qiymatliklar saqlanadigan omborlar inventarizatsiya qilishga tayyorlanadi. Ombordagi har bir moddiy qiymatlik alohida qilib qo’yiladi va ularning oldiga yorliqlar osiladi. Yorliqlarda moddiy qiymatliklarning nomi, nomenklatura raqami, boshqa rekvizit va ko’rsatkichlar ko’rsatilgan bo’ladi.
Inventarizatsiya qilish asosan oyning birinchi kuniga to’g’rilanadi. Agarda biror sabablarga ko’ra inventarizatsiya qilish oyning o’rtalarida boshlab yuborilsa, u holda buxgalteriya hisobining shu oyning boshidagi ma’lumotlari olinadi va inventarizatsiya qilish boshlangunga qadar amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari hisobda aks ettirilib olinadi.
Inventarizatsiya qilish boshlangunga qadar hamma hujjatlar rasmiylashtirilgan va buxgalteriya hisobining daftarlariga o’tkazilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun ham moddiy javobgar shaxslar o’zlarining qo’llaridagi barcha boshlang’ich hujjatlarni buxgalteriyaga topshirishlari zarur. Inventarizatsiya qilish komissiyasi moddiy javobgar shaxsdan Hamma xujjatlarni buxgalteriyaga topshirdim va menda hech qanday isbotlovchi hujjat qolmadi degan tilxat oladi.
Inventarizatsiya qilish davrida moddiy qiymatliklarning har biri o’lchash, sanash, tortish va boshqa usullar bilan hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijasi inventarizatsiya qilish xatlashiga yoziladi. Masalan, biror moddiy javobgar shaxsning hisobidagi moddiy qiymatliklar inventarizatsiya qilinayotgan bo’lsa, inventarizatsiya qilish tugashi bilan inventarizatsiya qilish xatlashi oxiriga komissiya a’zolarining imzosidan so’ng moddiy javobgar shaxs
Ushbu inventarizatsiya qilish xatlashida ko’rsatilgan moddiy qiymatliklar mening ko’z oldimda hisoblab chiqilgan va shu moddiyqiymatliklarni o’z shaxsiy javobgarligimga qabul qildim hamda inventarizatsiya qilish komissiyasiga mening hech qanday da’vom yo’q deb imzo chekadi.
Inventarizatsiya qilish xatlashi rasmiylashtirilgandan so’ng u xo’jalik yurituvchi sub’ekti buxgalteriyasiga topshiriladi.
Тaqqoslash (solishtirish) vedomostini tuzish va inventarizatsiya natijalarini aniqlash ishlari boshlangunga qadar xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya inventarizatsiyasi qilish ma’lumotlaridakeltirilgan hamma hisob-kitoblarning to’g’riligini tekshirib chiqadi. Baholarda, summalarni chiqarishda yo’l qo’yilgan xatoliklar topilsa, u holda bu xatoliklar to’g’rilanadi va bu haqda komissiyaning hamma a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi. Inventarizatsiya xatlashning oxirgi betida baholar va summalarning to’g’riligi tekshirib chiqilganligi haqida yozib qo’yiladi va shu tekshirishni o’tkazgan shaxs imzo chekadi. Solishtirish vedomostlari inventarizatsiyada hisob ma’lumotlariga nisbatan farqlar aniqlangan qiymatliklar bo’yicha tuziladi. Solishtirish vedomostlarida inventarizatsiya natijalari, ya’ni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo’yicha ko’rsatkichlar bilan inventarizatsiya xatlashlarining ma’lumotlari o’rtasidagi farqlar qayd qilinadi. Solishtirish vedomostlarida moddiy qiymatliklar ortiqchaliklarining va kamomadlarining qiymati ularning buxgalteriya hisobidagi baholariga ko’ra keltiriladi.
Inventarizatsiyada va boshqa tekshirishlarda aniqlangan qiymatliklarning haqiqatda borini buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga nisbatan farqlari quyidagi tartibda tartibga solinadi.
Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul mablag’lari va boshqa mol-mulk kirim qilinadi va xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga (byudjet tashkilotlarida esa moliyalashtirishni ko’paytirishga) o’tkaziladi, keyin ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi.
Belgilangan me’yorlar doirasida qiymatliklarning kamayishi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining farmoyishi bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning tegishli xarajatlariga qo’shiladi (byudjet tashkilotlarida esa moliyalashtirishni ko’paytirishga). Kamayish me’yorlari haqiqatda kamomad aniqlangan holatlardagina qo’llanishi mumkin xolos.
Belgilangan me’yor doirasida qiymatliklarning kamayishi navlarning aralashuvi bo’yicha kamomadlar ortiqchalik bilan qoplangandan keyingina aniqlanadi. Agar belgilangan tartibda navlar almashuvi bo’yicha qoplash o’tkazilgandan so’ng ham qiymatliklarning kamomadi qolsa, u holda tabiiy kamayish me’yorlari qiymatliklarning faqat kamomad aniqlangan nomi bo’yichagina qo’llaniladi.
Тasdiqlangan me’yorlar bo’lmagan taqdirda, kamayishi me’yordan ortiq kamomad deb qaraladi, qiymatliklarning tabiy kamayishi me’yoridan ortiq kamomad hamda qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan nobudgarchiliklar aybdor shaxslar hisobiga o’tkaziladi.
Kamomadlar va nobudgarchiliklar suiste’mol qilinishi natijasida sodir bo’lgani aniqlanganda, tegishli materiallar kamomadlar va nobudgarchiliklar aniqlangandan so’ng 5 kun ichida tergov organlariga beriladi, aniqlangan kamomadlar va nobudgarchiliklar summasiga fuqarolik da’vosi qilinadi. Kamomadlar va nobudgarchiliklarning aniq ayibdorlari aniqlanilmagan hollarda qiymatliklar tabiiy kamayishining me’yordan ortiqcha kamomadi va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan nobudgarchiliklar mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi to’g’risidagi qoidaga asosan xo’jalik yurituvchi sub’ektning tegishli xarajatlariga qo’shiladi. Bunday qiymatliklar tabiiy kamayishining me’yordan ortiqcha kamomadi va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan nobudgarchiliklarni hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan xujjatlarda shunday kamomadlar va nobudgarchiliklarning oldini olish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Navlar almashuvi natijasidagi ortiqchaliklar va kamomadlarni o’zaro hisobga o’tkazish faqat istisno tariqasida ayni shu tekshirilayotgan davrda, ayni shu tekshirilayotgan shaxsda, ayni shu nomdagi va shu miqdordagi moddiy qiymatliklarga nisbatan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining ruxsati bo’yicha amalga oshiriladi. Moddiy javobgar shaxslar yo’l qo’yilgan navlar almashuvi haqida xo’jalik yurituvchi sub’etning rahbariga batafsil tushuntirish xatini beradi.
Moddiy javobgar shaxslarning aybisiz paydo bo’lgan kamomadlar tomoniga navlar almashuvidagi qiymatlar farqiga inventarizatsiya bayonnomasida bu farq aybdor shaxslar hisobiga o’tkazilmaganligi sabablari haqida batafsil tushuntirish berilishi kerak. Inventarizatsiya natijalari inventarizatsiya tugallangan oyda hisobda va hisobotda, yillik inventarizatsiya bo’yicha natijalar esa y2illik moliyaviy hisobotda qayd qilinishi kerak.
Inventarizatsiya komissiyasi yig’ilishining bayonnomasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan inventarizatsiya tamom bo’lgandan so’ng 10 kun o’tmasdan tasdiqlanishi kerak.
Yillik hisobotning tushuntirish xatiga ilova qilib asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar va pul mablag’larini inventarizatsiya qilish natijalari vedomosti beriladi. Bu vedomostda yil davomida o’tkazilgan hamma amalga oshirilgan inventarizatsiyalarning natijalari aks ettiriladi.
Faraz qilaylik, amalga oshirilgan inventarizatsiyalar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning omboridagi xom ashyo va materiallarning miqdori va summalari buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida quyidagilar aniqlanadi:

  • Ortiq chiqqan ehtiyot qismlar quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

D-t - 1040 “Хom ashyo va materiallar” schyoti
K-t - 9590 “Moliyaviy faoliyatdan kelgan boshqa daromadlar ” schyoti

  • Kam chiqqan xom ashyo va materiallar “Kamomad va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan yo’qotishlar” schyotida bu kamomadning sabablari aniqlangunga qadar hisobga olib turiladi. Kamomadning sabablari aniqlangandan so’ng tegishli syayotlar debetlanib, “Kamomad va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan yo’qotishlar” schyoti kreditlanadi. Inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan kamomad summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

D-t – 5910 “Kamomadlar va boyliklarga yetkazilgan zarardan yo’qotishlar”
K-t – 1010 “Хom ashyo va materiallar” schyoti

  • Тabiiy kamayish natijasida sodir bo’lgan summasiga quyidagi buxgalteriya provodkalari tuziladi:

1)D-t 4860 “Davolar buyicha olinadigan schyotlar” schyoti
K-t 5910 “Kamomadlar va boyliklarga yetkazilgan zarardan yo’qotishlar”schyoti
2) D-t 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti
K-t 4860 “Davolar bo’yicha olinadigan schyotlar” schyoti.



Yüklə 64,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin