1.Inventarizatsiya to'g'risida tushuncha.
Korxona, muassasa, xoʻjalikning balansida turgan ashyolarning mavjudligini, qanday saqlanayotganligini, shuningdek, ombor xoʻjaligi boʻyicha maʼlumotlarni davriy ravishda tekshirishdan oʻtkazish, yoʻqlama qilish inventarizatsiya deyiladi.
Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash;
haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish;
- majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning joylashgan joyidan qat’i nazar, barcha aktivlari va majburiyatlari inventarizatsiya qilinadi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’ul saqlashda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi kerak.
Mol-mulkni inventarizatsiyasi uning joylashgan joyi va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
Quyidagi hollarda inventarizatsiya o‘tkazilishi majburiy:
mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat korxonasini o‘zgartirish (davlat tasarrufidan chiqarilgan) da;
yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, bundan inventarizatsiyasi hisobot yilining 1-oktabridan keyin o‘tkazilgan mol-mulk mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (ro‘yxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul)ga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar)ga muvofiq asosiy vositalar inventarizatsiyasi ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, qiymatliklari va qat’iy hisobdagi blanklar inventarizatsiyasi oyda bir marta, yonilg‘i-moylash materiallar, oziq-ovqat mahsulotlar — har chorakda, qimmatbaho metallar — tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralar inventarizatsiyasi ular eng kam miqdorda qolgan davrda o‘tkaziladi:
asosiy vositalar va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda;
moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish — topshirish kunida);
o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, qiymatliklarni buzilishi faktlari aniqlanganda;
tabiiy ofatlar, yong‘inlar, falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarizatsiya jamoa rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zolari talabi bilan o‘tkaziladi.
Inventarizatsiyani o’tkazishning asosiy qoidalari.
Hisobot yilidagi inventarizatsiyalar soni, ularni o‘tkazish sanasi, aktivlar va majburiyatlar ro‘yxati xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan belgilanadi.
Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi tarkibida doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi);
bosh buxgalter;
buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlari (keyingi o‘rinlarda — bosh buxgalter).
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki audit xizmati vakillari kiritilishi mumkin.
Ishlar hajmi katta bo‘lganda aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyasini bir vaqtda o‘tkazish uchun quyidagi tarkibida ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
inventarizatsiyani tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (komissiya raisi);
mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ishni yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya hisobi xizmati xodimi (keyingi o‘rinlarda — buxgalteriya) va boshqalar.
Komissiya tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan qiymatliklar, narxlar va boshlang‘ich hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi.
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarizatsiya komissiyalarining shaxsiy tarkibini xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi.
Inventarizatsiyani o‘tkazishda komissiyaning hattoki bitta a’zosi yo‘q bo‘lsa, bu hol inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari: qiymatliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini o‘tkazadi, zarurat bo‘lganda o‘z majlislarida qiymatliklarning saqlanishi masalalari bo‘yicha sex, bo‘lim, sho‘balar rahbarlarining axborotlarini tinglaydi,inventarizatsiya o‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarizatsiya komissiyalari a’zolariga yo‘l-yo‘riq berishni amalga oshiradi;
Inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga oshirish, shuningdek, inventarizatsiyalar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy qiymatliklarni tanlab inventarizatsiyadan o‘tkazadi.
Inventarizatsiya natijalari to‘g‘ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, sexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida qiymatliklarni qayta o‘zaro o‘rniga hisobga olish bo‘yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi.
Zarur hollarda (inventarizatsiya o‘tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining topshirig‘iga binoan takroriy yalpi inventarizatsiyalarni o‘tkazadi va qiymatliklar kamomadi yoki ularni buzilishiga, shuningdek, boshqa buzilishlarga yo‘l qo‘ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko‘rib chiqadi , aniqlangan kamomadlar hamda qiymatliklarni buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlarni bir izga solish tartibi to‘g‘risida taklif beradilar.
Ishchi inventarizatsiya komissiyalari
Saqlash va ishlab chiqarish joylarida qiymatliklar va pul mablag‘larini inventarizatsiyasini amalga oshiradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha chiqishlarni bir birini qoplashga olib borish, shuningdek tabiiy yo‘qolish me’yorlari doirasida kamomadlarni hisobdan o‘chirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.Tovar-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olish va ular saqlanishini nazorat qilishni yaxshilash, shuningdek me’yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy qiymatliklarni sotish masalalari bo‘yicha takliflar kiritadi.
Quyidagi hollar uchun javobgar bo‘ladi :
a) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrug‘iga muvofiq inventarizatsiyani o‘z vaqtida o‘tkazish va uni o‘tkazish tartibiga rioya qilish uchun;
b) tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblar vositalarining haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga to‘liq va aniq qayd etilishi uchun;
v) tovar-moddiy qiymatliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari (turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant bo‘yicha tartib raqami, artikuli va h.k.) ro‘yxatda to‘g‘ri ko‘rsatilishi uchun;
g) belgilangan tartibga muvofiq inventarizatsiya materiallari to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi uchun.
Inventarizatsiya komissiyalari a’zolari tovarlar, materiallar va boshqa qiymatliklar kamomadi va rastratasini yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida ro‘yxatga qiymatliklarning haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risida ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya paytidagi eng so‘nggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotlarni olishi kerak.
Inventarizatsiya komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-chiqim hujjatlariga “inventarizatsiyagacha ...da (sana)” deb ko‘rsatgan holda viza qo‘yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma’lumotlari bo‘yicha inventarizatsiyani boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiya boshlanishiga qadar mol-mulkka doir barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular javobgarligiga kelib tushgan barcha qiymatliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa chiqimga hisobdan o‘chirilgani to‘g‘risida tilxat beradilar. Mol-mulkni xarid qilishga hisobdor summalari yoki uni olish uchun ishonchnomalari bo‘lgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar.
Inventarizatsiyani o‘tkazish oldidan ishchi inventarizatsiya komissiyalari a’zolariga buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarizatsiya komissiyasining barcha ish davri davomida plombir komissiya raisida saqlanadi). Buyruqda inventarizatsiyani o‘tkazish bo‘yicha ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi.
Agar mol-mulkni inventarizatsiya bir necha kun mobaynida o‘tkazilsa, moddiy qiymatliklar saqlanayotgan xona inventarizatsiya komissiyasi ketayotganida muhrlanishi kerak. Inventarizatsiya komissiyalari ishida tanaffus bo‘lganda (tushlik vaqti, tunda, boshqa sabablarga ko‘ra) ro‘yxatlar inventarizatsiya o‘tkazilayotgan yopiq xonadagi yashikda (javon, seyfda) saqlanishi shart.
Buyruqlar buxgalteriya tomonidan inventarizatsiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqlar bajarilishini nazorat qilish kitobida ro‘yxatga oladi.
Tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishga kirishishdan oldin ishchi inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarga majbur:
yordamchi binolar, yerto‘lalar va qiymatliklar saqlanadigan, alohida kirish-chiqish eshiklari bo‘lgan boshqa joylarni plombalashga; og‘irlikni o‘lchaydigan barcha asboblar sozlanganini tekshirishga va ularni tamg‘alashning belgilangan muddatlariga rioya qilishga.
To‘satdan o‘tkaziladigan inventarizatsiyalarda barcha tovar-moddiy qiymatliklar inventarizatsiya komissiyasi ishtirokida, qolgan hollarda esa — oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Qiymatliklar guruhlarga bo‘linishi, navlarga ajratilishi va ular sonini sanash uchun qulay bo‘lgan ma’lum tartibda nomlari, navlari, hajmlari bo‘yicha joylashtirilishi kerak.
Asosiy vositalar, xomashyo, materiallar, tayyor mahsulot, tovarlar, pul mablag‘lari va boshqa qiymatliklarni inventarizatsiyasi ularning har bir joylashgan joyi va ana shu qiymatliklarni saqlayotgan javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
Haqiqatdagi qoldiqlarni tekshirish moddiy javobgar shaxslarning (kassirlar, xo‘jalik, savdo korxonasi, omborxona, tayyorlov punkti va hokazolar mudirlari) majburiy ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya paytida qiymatliklarning mavjudligi majburiy sanash, tarozida tortish, o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.
Mol yetkazib beruvchining ochilmagan o‘ramida saqlanayotgan materiallar va tovarlar bo‘yicha ushbu qiymatliklar miqdori istisno tariqasida hujjatlar asosida, ushbu qiymatliklar bir qismini naturada (tanlab olib) majburiy tekshirish bilan aniqlanishi mumkin. Idishsiz uyulgan mahsulotlar og‘irligi (yoki hajmi)ni o‘lchash va texnik hisob-kitoblar asosida aniqlashga yo‘l qo‘yiladi; o‘lchash dalolatnomalari va hisob-kitoblar ro‘yxatga ilova qilinadi. Tarozida tortiladigan ko‘p miqdordagi tovarlar inventarizatsiya qilinganda tarozida tortish qaydnomalarini ishchi inventarizatsiya komissiyasining a’zolaridan biri va moddiy javobgar shaxs yuritadi. Ish kuni oxirida (yoki tarozida tortish tugagach) ana shu qaydnomalar ma’lumotlari solishtiriladi va chiqarilgan yakun inventarizatsiya ro‘yxatiga qayd etiladi. Tarozida tortish qaydnomalari ro‘yxatga ilova qilinadi.
Inventarizatsiya qilinadigan qiymatliklar va obyektlarning nomlari va ularning miqdori ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha va hisobda qabul qilingan o‘lchov birliklarida ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatlar ishchi inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Ro‘yxat oxirida moddiy javobgar shaxslar komissiya qiymatliklarni ularning ishtirokida tekshirganini, komissiya a’zolariga nisbatan hech qanday da’volar yo‘qligi va ro‘yxatda keltirilgan qiymatliklar mas’ul saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxat beradi.
Qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishda moddiy javobgar shaxslar o‘zgargan holda inventarizatsiya ro‘yxatlariga qiymatliklarni qabul qilgan shaxs ularni olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi xususida imzo chekadilar.
Xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan, biroq unda saqlanayotgan qiymatliklarga alohida ro‘yxatlar tuziladi.
Inventarizatsiyada mazkur Standart bilan tasdiqlangan inventarizatsiya bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlashtirishning namunaviy shakllari qo‘llaniladi. Inventarizatsiyada inventarizatsiya bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlariga aktivlar va majburiyatlar xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadigan qo‘shimcha rekvizitlar kiritilishi mumkin.
Ish hayvonlari va mahsuldor mollar, parranda va asalari oilalari, ko‘p yillik o‘simliklar, ko‘chatzorlar inventarizatsiya qilinganda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun tasdiqlangan ro‘yxat shakllari qo‘llaniladi.
Inventarizatsiya ro‘yxatlari texnika vositalari, axborot tizimi va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yoki qo‘lda to‘ldirilishi mumkin.
Qo‘lda tuziladigan inventarizatsiya ro‘yxatlari aniq va tushunarli qilib to‘ldiriladi. Hech qanday bo‘yash va o‘chirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Inventarizatsiya ro‘yxatining har bir sahifasida so‘z bilan tovar-moddiy qiymatliklar tartib raqamlari soni va ushbu qiymatliklar qanday o‘lchov birliklarida ko‘rsatilganidan qat’i nazar, mazkur sahifada yozilgan barcha qiymatliklar miqdorining umumiy yakuni ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatlarning barcha nusxalarida xatolarni tuzatish noto‘g‘ri yozuvlar ustiga chizish va chizilganlari ustiga to‘g‘ri yozuvlarni qo‘yish yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak. Tuzatishlar izoh berilgan va inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Inventarizatsiya ro‘yxatlarida to‘ldirilmagan satrlarni qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ro‘yxatlarning oxirgi varaqlarida to‘ldirilmagan satrlar ustiga chizib qo‘yiladi.
Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiyadan keyin inventarizatsiya ro‘yxatlarida xatolarni aniqlagan hollarda ular tezda (ombor, omborxona, shu’ba va hokazolar ochilguniga qadar) buni ishchi inventarizatsiya komissiyasiga ma’lum qilishlari kerak. Moddiy javobgar shaxslarning kamomad yoki ortiqcha chiqish tovar-moddiy qiymatliklar nomidagi xato, o‘tkazib yuborish, yanglishish va hokazolar tufayli yuz bergani xususidagi tushuntirishlari ombor, omborxona, shu’ba ochilguniga qadar qabul qilinadi. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi ko‘rsatilgan faktlarni tekshirishni amalga oshiradi va ular tasdiqlangan holda aniqlangan xatolarni belgilangan tartibda tuzatadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari tovar-moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larining to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishi va ularning kutilmaganda o‘tkazilishini ta’minlash uchun javobgardir. Ular qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini qisqa muddatlarda to‘liq va aniq tekshirishni ta’minlaydigan sharoitlarni yaratib berishlari shart.
Bosh buxgalter tegishli bo‘linmalar va xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda inventarizatsiya o‘tkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini sinchiklab nazorat qilishga majbur.
Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi bilan bir vaqtda xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasi barcha tegishli schyotlar bo‘yicha yozuvlarni korrespondensiyalanuvchi schyotlar bilan qiyoslagan holda tekshirishi kerak. Masalan, asosiy vositalar bo‘yicha (kapital qo‘yilmalarning tegishli schyotlari bilan kelishtirilgan holda) foydalanishga qabul qilingan barcha obyektlar hisobga olinganligi; tovar-moddiy qiymatliklar bo‘yicha — barcha kelib tushgan qiymatliklar kirim qilinganligi, chiqib ketganlari esa hisobdan chiqarilganligi va hisobda aks ettirilganligi; tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha — barcha xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulotga hisobdan chiqarilganligi va hokazolar aniqlanishi zarur.
Inventarizatsiyani rasmiylashtirish uchun 5 — 18-ilovalarga* muvofiq aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasi bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlari shakllari qo‘llaniladi.
Inventarizatsiya tugaganidan keyin inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshirishlar o‘tkazilishi mumkin. Ularni inventarizatsiya komissiyalari a’zolari va moddiy javobgar shaxslar ishtirokida albatta inventarizatsiya o‘tkazilgan ombor, omborxona, shu’ba va hokazolar ochilishiga qadar o‘tkazish kerak. Inventarizatsiyalar to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganligini nazorat tariqasida tekshirishlarni hisobga olish kitobida ro‘yxatga olinadi.
Korxona va tashkilotlar mulk shaklidan qat'i nazar, tegishli asosiy va aylanma mablag'lariga ega bo'lib, bu mablag'lar xo'jalik faoliyati davomida o'z qiymatining miqdorini o'zgartirib boradi. Asosiy va aylanma mablag'lar, ya'ni korxona va tashkilotlarning mulki tegishli moddiy javobgar shaxslar zimmasida bo'lib, har bir moddiy javobgar shaxs o'z zimmasidagi tovar va moddiy boyliklai holati bo'yicha buxgalteriyaga hisobot beradi. Moddiy javobgar shaxslarning tovar hisobotida mablag'larning hisobot davridagi kirim-chiqim va oxirgi qoldig'i hisob-kitob qilinadi.
Mablag'larning harakatini hamda ularni o'z vaqtida kirim qilishni nazariy hal qilish ikki tomonlama olib boriladi. Birinchisi, buxgalteriya hisobidagi mablag'lar bo'lsa, ikkinchisi moddiy javobgar shaxslarning hisobotidir.
Mablag'larning harakatini hisobga olishda ularni kirim va chiqimini tartibga solishda hujjatlarga alohida ahamiyat berish talab qilinadi. Hujjatda tovar va moddiy boyliklarni haridorlarga jo'natilgan kuni, miqdori, bahosi, narxi ko'rsatiladi. Hujjatlarga asosan tashkilot buxgalteriyasida mablag'lari kirimga qabul qilinishi va sarflanishi nazorat qilinadi. Mablag'larning harakati, ularning to'liqligi ikki tomonlama nazorat qilinadi. Birinchi nazorat moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari yordamida amalga oshiriladi. Ikkinchi nazorat buxgalteriya yozuvlari yordamida olib boriladi. Наг bir nazorat shaklida mablag'lar harakatini tasdiqlovchi hujjatlar asos qilib olinadi. Hujjatlar yordamida mablag'larning haqiqiy himoyasini har bir moddiy javobgar shaxs bo'yicha to'liqligini ta'minlash, nazoratni tashkil qilish maqsadida inventarizatsiya o'tkaziladi. O'zbekiston Respublikasida „Buxgalteriya hisobi va hisobotlar to'g'risida"gi Nizomga asosan korxona va tashkilotlar inventarizatsiya o'tkazish davrlarini mustaqil belgilaydilar.
Nizomga asosan korxonalar yillik hisobot tuzishdan oldin mablag'lar to'liqligini ta'minlash maqsadida inventarizatsiya o'tkazadilar. Ularni quyidagi muddatlarda o'tkazish tavsiya qilinadi:
ombor va bazalardagi sanoat tovarlari bir yilda bir marta;
ombor va bazalardagi oziq-ovqat tovarlari bir yilda ikki marta;
arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar yiliga bir marta;
— pul mablag'lari har oyda bir marta.
Yuqoridagi muddatlarda rejali inventarizatsiya o'tkaziladi.
Korxona bosh buxgalteri hisobot yili uchun yil boshida inventarizatsiya o'tkazish rejasi korxona bosh buxgalteri tomonidan tuziladi va rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan reja asosida inventarizatsiya ishlari tashkil qilinadi.
Korxona va tashkilotlarda inventarizatsiya o'tkazish quyidagi tamoyillardan kelib chiqqan holda olib boriladi.
Birinchi tamoyil — bu moddiy javobgarlik hisoblanadi, chunki korxona va tashkilotga taalluqli bo'lgan asosiy va oborot mablag'lar tegishli moddiy javobgar shaxslar zimmasida bo'ladi va ular bilan amaldagi qonunlar asosida moddiy javobgarlik to'g'risida shartnoma tuzilib, unda tovar-moddiy boyUklarning to'liqligini ta'minlash uchun o'zaro bitim tuziladi. Moddiy javobgarlik to'g'risida tuzilgan shartnomaga rioya qilmaslik oqibatida turli ko'rinishdagi kamomad va xiyonatlarning kelib chiqishi amaliyotda tasdiqlangan.
Ikkinchi tamoyil — bu inventarizatsiya o'tkazish komissiyasini to'g'ri tashkil qilish, inventarizatorni tegishli kasb bo'yicha malakaga ega bo'lishini ta'minlash va bu to'g'ridagi Nizom, qoidalarning bo'lishini nazorat qilish alohida ahamiyatlidir. Inventarizatsiya o'tkazish komissiyasining a'zo-larini to'g'ri tanlash yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish, kamomad va xiyonatlarni oldini olish, tovar-moddiy boyliklarining to'Uqligimta'minlashgayaqindanyordamberadi.
Uchinchi tamoyil — bu korxona va tashkilot rahbarining yoki mulk egasining inventarizatsiya o'tkazishga bo'lgan munosabatini to'g'ri tashkil qilishdir. Наг bir mulk egasi, xo'jalik yurituvchi subyektning o'z mulkiga bo'lgan muno-sabatining to'liqligini ta'minlashdagi chora-tadbirlarini aniqlash bilan ifodalanadi.
To'rtinchi tamoyil—inventarizatsiyaning reja asosida tashkil qilinishidir. Bu tamoyil birinchidan, inventarizatsiya ishlarini bir me'yorda o'tkazilishini ta'minlasa, ikkinchidan, inventari-zatsiyalarni ish unumdorligidan oshirishda va inventarizatsiya natijalarini o'z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Inventarizatsiya o'tkazish to'g'risida tuzilgan rejaning bajarilishini ta'minlash bu boradagi ishlarning samara-dorligini ta'minlaydi.
Beshinchi tamoyil — bu inventarizatsiya ishlarida tejam-korlikka rioya qilishni ta'minlashdir. Inventarizatsiya o'tka-zishda tejamkorlikka erishish birinchi navbatda ish vaqtidan unumli foydalanish bilan bog'liqdir. Inventarizatsiya ishlarining belgilangan muddatlarda boshlanishi va tugallanishini nazorat qilish komissiya raisi zimmasiga, tashkilot rahbari va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatilgandir.
Hozirgi sharoit har bir mulk egasini tadbirkor, tejam-kor bo'Ushga, mulkka bo'lgan munosabatni yaxshilashga, mulkni to'liqligini nazorat qilishga undaydi. Korxona va tashkilotlarning mulki tegishli moddiy javobgar shaxslar zimmasida bo'lib, ular mulkning to'liqligini ta'minlash uchun javobgar shaxslar deb hisoblanadilar. Mulkning to'liqligi har tomonlama nazorat qilib boriladi, chunki mulk harakati, turlari bo'yicha sintetik va analitik schotlarida buxgalteriyada nazorat qilinsa, ikkinchidan moddiy javobgar shaxslarning hisobotlarida o'z ifodasini topadi. Lekin buxgalteriya schotlaridagi ma'lumotlar bilan tovar hisobotidagi ma'lumotlar bir-birini tasdiqlashi mumkin, ammo haqiqatda mulkning to'liqligim ta'minlaganmi, yo'qmi bu holatga aniqlik kiritish maqsadida inventarizatsiya qilinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda (buxgalteriya hisobi) inventarizatsiya so'zini „ashyoviy dalil", yo'qlama qilish, “Taqqoslash" kabi so'zlar bilan almashtirish hollari mayjud, bunday hoi xatolikka, buzib ko'rsatishga olib keladi, xolos.
Bizning fikrimizcha, inventarizatsiyaga quyidagicha ta'rif berilsa maqsadga muvofiqdir. Inventarizatsiya deb, tegishli moddiy javobgar shaxs zimmasidagi tovar-moddiy boyliklarning to'liqligini son va sifat jihatidan aniqlab, buxgalteriya yozuvlariga asosan natijalarni aniqlashga aytiladi. Inventarizatsiya yordamida moddiy javobgar shaxs zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar son-sifat jihatidan o'rganilib, ularning iste'molga yaroqliligini aniqlash bilan birga hisobot bo'yicha ham to'liqligi hisob-kitob qilinadi. Inventarizatsiya o'tkazish yo'li bilan korxonaga taalluqli bo'lgan moddiy boyliklarning to'liqligi ta'minlanadi. Inventarizatsiya toliq, qisman, tanlab olingan holda o'tkazilishi mumkin.
To'liq inventarizatsiya o'tkazish rahbar tomonidan maxsus yozma farmoyish berish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Qisman o'tkaziladigan inventarizatsiya asosan baholarning o'zgarishi amalga oshirilganda o'tkaziladi va ma'lum bir tovar turi bo'yicha uning natijalari aniqlanadi.
Tanlab olgan holda o'tkaziladigan inventarizatsiyalar ko'p holda tashkilot rahbari yoki bosh buxgalter tomonidan o'tkaziladi. Inventarizatsiya o'tkazishda tegishli javobgar shaxs zimmasidagi mulk to'liq sanalib, tortilib hisob- kitobi pul birligida aniqlanadi. Inventarizatsiya to'satdan o'tkaziladi, demak, tuzilgan rejadagi muddatlar faqat bosh buxgalter va tashkilot rahbariga ma'lum bo'lishi kerak, boshqa xodimlardan bu reja sir tutiladi. Ayrim holda inventarizatsiya sud-tergov organlari, moliya-soliq qo'mitalari tomonidan ham o'tkazilishi mumkin.
Rejalashtirihnagan inventarizatsiya ishlari tabiiy ofatlar natijasida o'g'irlik, moddiy javobgar shaxslarning ish faoliyatida nojo'ya harakatlar to'g'risida ma'lumotlar olin-ganda o'tkazilishi mumkin. Chakana savdo tashkilotlarida buxgalteriya hisobining navbatdagi vazifasi tovar va moddiy boyliklarning to'liq saqlanishini nazorat qilishdir. Bunda tovarlarni qabul qilinishi va sotilishi, inventarizatsiyani o'z vaqtida o'tkazishni talab qiladi.
Chakana savdo tashkilotlarida tovarlarning to'liqligini ta'minlashda moddiy javobgarlikni to'g'ri tashkil qilish alohida ahamiyatlidir, chunki tovarlarning to'liqligini ikki tomonlama nazorat qilinadi. Birinchisi moddiy javobgar shaxsning hisobotida, ikkinchisi esa buxgalteriya yozuvlarida olib boriladi,
Buxgalteriya hisobi yordamida tashkilotning xo'jaUk faoliyati har tomonlama o'rganiladi va tegishli mablag'-larning harakati ularning joylanishi va tashkil topish manbalari bo'yicha tartibga solinadi. Savdo tashkilotlarida mulk shaklining o'zgarishi bilan buxgalteriya hisobini tashkil qilish, mulkning to'g'ri hiso-bini yuritish, uning to'g'rih'gini ta'minlash hozirdagi asosiy vazifalardan biridir. Chakana savdo tashkilotlarida buxgalteriya hisobi yordamida aholiga sotilgan tovarlar summasi aniqlanadi va bu ko'rsatkich aholining turmush darajasini o'z pul daromadining o'z ehtiyojiga kerakli bo'lgan tovarga ayirboshlaydi. Chakana savdo tashkilotlarida tovar oborot rejasining bajarilishi, aholining xalq iste'moli tovarlariga bo'lgan talabini to'liq bajarishga ijobiy ta'sir qiladi hamda savdo tashkilotlarining ba'zi ko'rsatkichlariga, shu jumladan, muomala xarajatlarini kamaytirishga, rentabellik darajasini va moliya natijalarini yaxshilashga, daromad summasining ko'payishiga olib keladi.Buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi, tovar oborot rejasini to'liq bajarilishini nazorat qilib borish va savdo shoxobchalarida ehtiyot tovarlarini belgilangan assorti-mentda bo'lishini ta'minlashdir. Bunday nazoratni shart-noma shartlarining bajarilishini, tovar, kassa hisobotlarini tekshirish va shu hisobotlar yuzasidan yozilgan hisob ko'rsatkichlarining to'g'riligini aniqlash orqali amalga oshi-rish mumkin. Hisob xodimlari tovarlarni o'z vaqtida va sifatli qabul qilinishini, tovar yuboruvchilarga sifatsiz tovar yuborilganligi uchun qilingan da'vo summalarini o'z vaqtida to'lashlarini hamda tovar yuboravchilarga ortiqcha to'langan summalarini o'z vaqtida undirib olishni ta'minlaslilari zarur. Bu esa buxgalteriya hisobi oldiga da'vo muddatlarini o'z vaqtida bajarilishini tekshirishni va tegishli jarima summalarini belgilangan muddatlarda undirib olishni tekshirish vazifasini qo'yadi. Chakana savdo tashkilotlarida belgilangan miqdorda ehtiyot tovarlarining bo'lishi aholining xalq iste'mol mollariga bo'lgan talabini uzluksiz bajarilishini ta'minlaydi. Lekin chakana savdo tashkilotlaridagi ehtiyot tovarlarining miqdori belgilangan limitdan ortib ketishi mumkin emas. Ayrim hollarda ehtiyot mollarini belgilangan limitdan ortib ketishi savdo tashkilotlarining ish faoliyatini susaytiradi va moliyaviy qiyinchiliklaiga qo'shimcha xarajatlar qilishga olib keladi. Sistematik tarzda ehtiyot tovarlarining holatini aniqlash tovar hisobotlari orqali olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |