221
moddiy boyliklarning kamomadi (yoki oshiqchaligi) zudlik bilan
aniqlanadi.
Butun inventarizatsiya jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga
oshiriladi:
Korxonada har yilgi inventarizatsiya yillik moliyaviy hisobotni
tuzishdan oldin tayinlangan maxsus inventarizatsiya komissiyasi
tomonidan o‘tkaziladi.
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga ma’muriyat
vakillari va
inventarizatsiya qilinadigan obyektlarni biladigan mutaxassislar (iqtisod-
chilar, muhandislar, texniklar va boshqalar) kiritiladi. Komissiya
faoliyatida a’zolar to‘liq ishtirok etishlari shart. Chunki, №19 BHMSga
muvofiq inventarizatsiya o‘tkazishda komissiya a’zolaridan birining
ishtirok etmasligi inventarizatsiya yakunlarini haqiqiy emas, deb
hisoblashga asos bo‘ladi.
Komissiya a’zolari inventarizatsiya boshlanishidan oldin inventa-
rizatsiya qilinadigan hisob obyektlari bo‘yicha
barcha hujjatlar ishlov
berilib, guruhlanib buxgalteriya schotlarida aks ettirilganligi; buxgal-
teriya hisobi registrlarida esa inventarizatsiya qilinadigan zarur qoldiqlar
chiqarilganligiga ishonch hosil qilishlari lozim.
Inventarizatsiya komissiyasi a’zolari inventarizatsiya ro‘yxatlariga
kamomad yoki ortiqcha tovar - moddiy boyliklarni yashirib qolish
maqsadida boyliklarning ko‘rinib turgan amaldagi qoldiqlari haqida
ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan bo‘lsa, inventarizatsiya
komissiyasining a’zolari qonunda belgilangan
tartibda javobgarlikka
tortiladi.
INVENTARIZATSIYANI O‘TKAZISH BOSQICHLARI
Tayyorgarlik
Asosiy
(ish jarayoni)
Yakunlash
Inventarizatsiya komissiyasi
tarkibi shakllantiriladi,
inventarizatsiyani o‘tkazish
bo‘yicha buyruq(farmoyish)
chiqariladi, qiymatliklarni
saqlash joylari muhrlanadi.
Komissiya moddiy
javobgar shaxslar
ishtirokida qiymatliklarni
sanoqdan o‘tkazadi va
olingan ma’lumotlarni
inventarizatsiya ro‘yxatiga
kiritadi.
Aniqlangan haqiqiy qoldiqlar
va buxgalteriya daftarlaridagi
qoldiqlar solishtirilib,
inventarizatsiya natijalari
shakllantiriladi.
222
Inventarizatsiya natijalari №19-BHMSning ilovalarida keltirilgan
shakldagi inventarizatsiya ro‘yxatlari, dalolatnomalar, vedomostlar va
boshqa tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Taqqoslash vedomostlari korxona mulki(asosiy
vositalar, tovar-
moddiy boyliklar, pul mablag‘lari)ni inventarizatsiyadan o‘tkazish
natijalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Moddiy boyliklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish javobgar shaxs-
lar huzurida; shuningdek, bu boyliklar saqlanayotgan
joylarda amalga
oshiriladi.
Asosiy vositalar bo‘yicha yiliga kamida bir marta inventarizatsiya
o‘tkaziladi, biroq u inventarizatsiya ma’lumotlaridan yillik hisobotni
tuzishda foydalanishga imkon yaratish uchun 1-oktabrdan keyin
o‘tkazilishi lozim. Binolar, inshootlar va boshqa ko‘chmas mulk
obyektlarini har yili emas, balki 2-3 yilda bir marta inventarizatsiyadan
o‘tkazish mumkin.
Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishni korxona buxgalteriyasi
xodimlarining majburiy ishtirokida ichki komissiyasi amalga oshiradi.
Asosiy vositalarning ayrim obyektlarini inventar va xo‘jalik
jihozlari tarkibiga noto‘g‘ri kiritilganligi aniqlangan hollarda, ular asosiy
vositalar qatoriga qaytariladi.
Aksincha, asosiy vositalar tarkibida
hisobda turgan mulk inventar va xo‘jalik jihozlari qatoriga o‘tib qolgan
holatlarda ham tuzatish yozuvlari qayd etiladi.
Xususiy asosiy vositalar inventarizatsiyasi bilan bir paytda ijaraga
olinganlari ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ijaraga olingan obyektlar
yuzasidan inventarizatsiya ro‘yxatlari har bir ijaraga beruvchi bo‘yicha
alohida tuziladi. Ularda umumiy ma’lumotlardan tashqari, ijaraga
beruvchi va ijara muddati ham ko‘rsatiladi. Ro‘yxatning bir nusxasi
ijaraga beruvchiga yuboriladi.
Inventarizatsiya komissiyasi debitor
va kreditor qarzlar yuzaga
kelgan muddatlarni, ularning haqiqiyligini va agar da’vo muddati
o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, bunga aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlashi
lozim.
Dostları ilə paylaş: