R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Tayyor mahsulotlarni baholash quyidagi usullar bilan amalga



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

6. Tayyor mahsulotlarni baholash quyidagi usullar bilan amalga 
oshiriladi: 
A) o‘rtacha o‘lchangan, kumulyativ 
B) haqiqiy ishlab chiqarish qiymati bo‘yicha
C) dastlabki qiymati, qoldiq qiymati, tiklash qiymati
D) normativ, reja
E) prognoz, haqiqiy


250 
10
Bob
Buxgalteriya qanchalik takomillashsa va 
kalkulatsiya bilan moslashsa, zarar moddalari 
shuncha kamayadi. 
I.F.Sher
 
MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR 
TANNARXINI 
KALKULATSIYALASH 
Ushbu bobni o`rganish natijasida Siz: 
- kalkulatsiyalashning mohiyati, ahamiyati vaturlari; 
- xarajatlarning turkumlanishi
- kalkulatsiya birligi va kalkulatsiyalash bosqichlari; 
- xarajatlar hisobi va kalkulatsiyalash obyektlari hamda 
metodlari 
to`grisida bilimlarga

- xarajatlar hisobi va tannarxni kalkulatsiyalashni tashkil 
etish hamda amalga oshirish
ko`nikmalariga ega 
bo`lasiz.


251 
10-bob. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR TANNARXINI 
KALKULATSIYALASH 
 
Buxgalteriya qanchalik takomillashsa va 
kalkulatsiya
 bilan moslashsa, 
zarar moddalari shuncha kamayadi.
I.F.Sher 
10.1. Kalkulatsiyalashning mohiyati va ahamiyati 
 
Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va 
xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobining 
alohida schotlarida joriy tartibda guruhlanadi. Tayyorlangan materiallar, 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar 
birligining tannarxini aniqlash buxgalteriya hisobida 
kalkulatsiyalash
deyiladi. 
Kalkulatsiyaning juda keng ma’nodagi mazmuni xarajatlarni bir 
tizimga keltirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida 
mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxi to‘g‘risida ma’lumot shakllan-
tirishdan iborat. Nisbatan tor ma’noda har xil xarajatlarni yagona pul 
o‘lchovida umumlashtirish va ularni mahsulot(ish, xizmat)lar turlari 
bo‘yicha guruhlash usulidir. 
Barcha xarajatlar yagona pul o‘lchovida ifodalanib, tegishli yo‘na-
lishlar bo‘yicha guruhlanadi va mahsulot(ish, xizmat)lar birligining 
tannarxi hisoblanadi. Birinchi qarashda oddiy bo‘lib ko‘ringan bu ish 
juda murakkab va sermehnat jarayon hisoblanadi. Uning muammolari 
maxsus kalkulatsiyalash nazariyasini va kalkulatsiya ishining turli 
amaliy jihatlarini vujudga keltirdi. Tannarxni kalkulatsiyalash korxo-
nada ishlab chiqarishni rejalashtirish, boshqarish va samaradorlikni 
baholashda muhim ahamiyatga ega (10.1-rasm).
Kalkulatsiyalash masalalarining murakkabligi eng avvalo xo‘jalik 
jarayonlarining xilma-xilligi, ishlab chiqarishning tashkiliy va 
texnologik shart-sharoitlari murakkablashuvi bilan bog‘liq. Murakkablik 
xarajatlarni guruhlash uchun asos tanlash paytidayoq vujudga keladi. Bu 
yerda bir qancha asoslar mavjud: kalkulatsiyalash obyekti, xarajatlar 
elementi, tannarx moddalari. 
Kalkulatsiyalash obyektlari
– bu tannarx 
hisoblash uchun xarajatlarni guruhlashning asosidir. 


252 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin