2.2. Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari
va funksiyalari
Buxgalteriya hisobining asosiy
maqsadi
axborotdan foydala-
nuvchilarni o‘z vaqtida, to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa
buxgalteriya axborotlari bilan ta’minlashdir.
Buxgalteriya hisobining asosiy
vazifalari
quyidagilardan iborat:
buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning holati va harakati,
mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va
ishonchli axborotlarni shakllantirish;
samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumot-
larini umumlashtirish;
moliyaviy soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iborat.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatini
amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilini-
shi ustidan nazorat o‘rnatish, xo‘jalik faoliyatida salbiy holatlarning
oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki
xo‘jalik imkoniyatlarini topishni ta’minlashi zarur.
Buxgalteriya hisobining
birinchi vazifasi
korxona rahbarlari, ta’sis-
chilari, ishtirokchilari va mulkdorlari, investorlar, kreditorlar, xaridorlar
va boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatlaridan kelib chiqadi.
Buxgalteriya axborotlari to‘liq va ishonchli bo‘lishi, ya’ni foyda-
lanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida, uning mulklari,
majburiyatlari, faoliyat natijalari to‘g‘risida barcha zarur axborotlarni
taqdim qilishi, demak, korxona ma’muriyati va boshqa axborotdan
foydalanuvchilar uchun foydali bo‘lishi lozim.
Ikkinchi vazifaning
mazmuni shundan iboratki, buxgalteriya hisobi
tizimida korxona moliya-xo‘jalik faoliyati faktlarining O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga mosligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun
ma’lumotlarni shakllantirish zarur. Bunday axborotlar xo‘jalik
operatsiyalarining maqsadga muvofiqligini, moddiy, mehnat va
moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni tasdiqlashi lozim.
Uchinchi vazifa
korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarishning
samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, shartnomalarning bajarilishini, tejamkorlikka rioya
qilishni va mulkning saqlanishini ta’minlashni nazorat qilish ham
hisobning vazifasiga kiradi.
Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish buxgal-
teriya hisobi tomonidan ikkita vazifani bajarishda ifodalanadi. Birin-
32
chisi, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishning joriy va
istiqbolli rejalarini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlar beradi.
Chunki mavjud bozor konyunkturasini, moddiy, mehnat va moli-
yaviy resurslarni hisobga olmay turib, haqqoniy biznes-reja topshiriq-
larini tuzish mumkin emas. Ikkinchidan, shartnoma majburiyatlarini
bajarish uchun bir vaqtning o‘zida ularning bajarilishini nazorat qilishni
tashkil etish zarur.
Ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat-
larning tannarxini pasaytirish, korxonalarda va uning bo‘linmalarida
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish
buxgalteriya hisobining muhim vazifasidir. Bunday ulkan vazifalar
korxonalarning hamma ichki imkoniyatlarini axtarib topish va ulardan
samarali foydalanish, iqtisodiy tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqa-
rish zaxiralarini va xarajatlarini o‘z vaqtida hisobga olib borish bilan
muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yiladigan ushbu
vazifalar uning nafaqat xo‘jalik mablag‘lari (aktivlari) va mablag‘lar
manbalari (passivlar) hamda xo‘jalik jarayonlarini (ta’minot, ishlab
chiqarish, realizatsiya) ro‘yxatga oluvchi va axborotlarni saqlovchi tizim
ekanligidan dalolat beradi. Uning asosiy maqsadi – korxona iqti-
sodiyotini boshqaradigan tizimni ishonchli, turli pog‘onalardagi
boshqaruvchilarni tushunarli hisob-iqtisod axborotlari bilan ta’min-
lashdan iborat.
Boshqaruv tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini qaror
toptirish va rivojlantirish butun buxgalteriya hisobi tizimini takomil-
lashtirish, jumladan buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy
standartlarini joriy qilishi bilan chambarchas bog‘liq.
Buxgalteriya hisobi boshqaruv tizimida quyidagi funksiyalarni
bajaradi (2.3-rasm).
Tarbiyaviy
funksiyasi
Axborot
funksiyasi
Uzviy aloqa
funksiyasi
Nazorat
funksiyasi
Tahlil
funksiyasi
Mulkning saqlanishini
ta’minlash
Buxgalteriya hisobining
funksiyalari
|