R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


-rasm.Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

2.3-rasm.Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish
tizimida buxgalteriya hisobining funksiyalari. 
1. Axborot (boshqaruv tizimini axborot bilan ta’minlash) 
funksiyasi.
Buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimi va bozor 
munosabatlarini rivojlantirishdagi asosiy funksiyalaridan biri axborot 
bilan ta’minlash funksiyasi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 
hozirgi bosqichida o‘z vaqtida olinadigan haqqoniy iqtisodiy axborot-
larning roli va ahamiyati kuchaymoqda. 
Buxgalteriya hisobi tizimi har xil boshqaruv obyektlariga – kor-
xona xizmatlari, uning bo‘linmalari menejerlariga haqiqiy axborotlarni 
yetkazib beruvchi muhim manba bo‘lib, ular ushbu axborotlardan 
foydalangan holda tegishli boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadilar va 
qabul qiladilar. 
Hisob-kitoblar ko‘rsatishicha, iqtisodiy axborotlar umumiy 
hajmining 70%idan oshig‘i buxgalteriya axborotlari ulushiga to‘g‘ri 
keladi. 
Aynan buxgalteriya hisobi tizimi korxona mablag‘lari va 
manbalarining ahvoli hamda harakati, xo‘jalik jarayonlari, korxona 
moliyaviy natijalari to‘g‘risida umumlashgan (sintetik), batafsil 
(analitik) axborotlarni aks ettiradi va to‘playdi. 
Buxgalteriya axborotlari operativ va statistik hisobda, rejalash-
tirishda, istiqbolni belgilash(prognozlash)da, korxona faoliyati taktikasi 
hamda strategiyasini ishlab chiqishda va boshqalarda keng qo‘llaniladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi axborotlariga 
haqqoniylik (obyektivlik), ishonchlilik, o‘z vaqtidalik va tezkorlik kabi 
talablar qo‘yiladi. Lekin boshqaruv tizimini takomillashtirish, iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish va munosabatlarni erkinlashtirishning 
hozirgi bosqichida buxgalteriya hisobi oldiga qator yuqori talablar 
qo‘yilmoqda. Hisob axborotlari yuqori samarali bo‘lishi, mulk egalari, 
investorlar va qo‘shma korxonalarni tashkil etish hamda faoliyat 
ko‘rsatishida ishtirok etadigan xorijlik hamkorlarning talablarini 
qondiradigan bo‘lishi lozim. Bu buxgalteriya hisobi axborotlarida eng 
kam ko‘rsatkichlar bo‘lib, ammo turli boshqaruv pog‘onalaridagi eng 
ko‘p undan foydalanuvchilar talablarini qondirishi lozim. Shuningdek, 
buxgalteriya axborotlari eng kam mehnat va vaqt sarflangan holda 
shakllanishi zarur. 
Buxgalteriya hisobining axborot sig‘imi eng katta bo‘lgan 
uchastkalariga xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar, 


34 
tovar-moddiy zaxiralarini hisobga olish, ishlab chiqarish xarajatlari 
hisobi, tayyor mahsulotlar va ularni sotishni hisobga olish kabilar misol 
bo‘ladi. 
Masalan, xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni 
hisobga olishga doir axborotlar jami hisob axborotlarining 25-30 foizini 
tashkil etadi. Shu tufayli hisob-kitoblar, mehnat va ish haqini tahlil qilish 
hamda mehnat resurslarini boshqarish uchun yetarli axborot bazasi 
yaratilgan. 
Kompyuterlar va boshqa tashkiliy-texnik vositalardan, buxgalter, 
iqtisodchi, tahlilchi, auditorlarning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlaridan 
foydalanish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan hozirgi sharoitda hisob va 
tahliliy axborotlar, shu jumladan mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan 
hisob-kitoblar hajmining o‘sishi emas, boshqaruvning turli bosqichlarida 
tegishli qarorlarni tayyorlash, asoslash va qabul qilish uchun ulardan 
foydalanish sifati muhim nazariy va uslubiy masala bo‘lib hisoblanadi. 
Kompyuterlardan foydalanish va avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarining 
faoliyat ko‘rsatishi istalgan darajadagi batafsil va istalgan vaqt oralig‘i 
uchun mehnat ko‘rsatkichlarini olish imkoniyatlarini ta’minlaydi. 
Olingan axborotlarning pirovard natijasi korxona xodimlarining ish 
sifatini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish, yuqori moliyaviy 
natijalarga erishishga safarbar qilishdan iborat. 
Qo‘yilgan maqsad, hal etiladigan vazifalar doirasi axborotdan 
foydalanuvchi bo‘linmalar, boshqariladigan obyekt darajasiga ko‘ra 
hisob va tahliliy axborotlarni ularning eng yuqori va eng past qismlarga 
bo‘lish zarur. Har bir axborot turini boshqaruv obyektlari va berish 
muddatlari bo‘yicha tabaqalashtirish kerak.
Axborotlar davriyligi ham turlicha bo‘lishi mumkin: smena, sutka, 
hafta, dekada, oy, chorak va boshqalar. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin