44
faoliyati to‘g‘risidagi o‘xshash axborotlar bilan qiyoslanuvchanligini
bildiradi. Qolaversa, muayyan korxonada qo‘llanilayotgan buxgalteriya
hisobi metodlarida izchillik saqlanishi va shu bilan birga uning bir
qancha hisobot davrlaridagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning
qiyoslanuvchanligini ham ta’minlaydi.
Ushbu printsip tegishli axborotdan foydalanuvchilarga korxona
samaradorligi va moliyaviy holati rivojlanishining borishini aniqlashda
yordam beradi. Chunki, ular turli xil korxonalarning moliyaviy
hisobotlarini taqqoslash imkoniyatlariga ham ega bo‘lishlari lozim. Ayni
paytda ko‘rsatkichlar qiyoslanuvchanligi zarurati unifikatsiyalangan
hisob standartlarini kiritishga to‘siq bo‘lmasligi lozim.
Buxgalteriya hisobining yuqorida ko‘rib chiqilgan prinsiplari(1.8),
talablari(1.7) va yuritish usullari uning metodologik asosini tashkil etib,
tegishli obyektlarga nisbatan qo‘llaniladi. Uning negizini buxgalteriya
hisobining milliy standartlari (BHMS), boshqa normativ hujjatlar va
metodik ko‘rsatmalar tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: