R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

 
2.5. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar
Buxgalteriya hisobi o‘ziga xos xususiyatlari tufayli ko‘p hollarda 
«biznesning tili», rivojlangan bozor ishtirokchilarining muloqot 
qiladigan umumiy tili deb e’tirof etiladi. Tegishli axborotlar ulardan 
foydalanuvchilarga buxgalteriya hisobi tilida, ya’ni tadbirkorlar «o‘qiy 
oladigan» tilda yetkaziladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risidagi 
axborotlarga qiziquvchi istalgan yuridik yoki jismoniy shaxs moliyaviy 
hisobotdan foydalanuvchi deb tan olinadi. Shu munosabat bilan hisob 
axborotlaridan foydalanuvchilar doirasining manfaatlari shakllanadi. 
Mazkur foydalanuvchilar doirasi yetarli darajada barqaror bo‘lishiga 
qaramasdan, ularning axborotlarga talabi har xil. Farqlar eng avvalo 
manfaatlar xilma-xilligidan kelib chiqadi. Birovlarni mazkur xo‘jalik 
yurituvchi subyektga qo‘yilgan kapitaldan olinadigan daromad 
qiziqtirsa, boshqalarni – ushbu daromadni soliqqa tortish, uchinchi 
birovlarni – sarflangan mehnatga to‘liq va o‘z vaqtida haq to‘lash hamda 
boshqa shu kabilar qiziqtiradi. Hisob axborotidan foydalanuvchilar 
talablarining xilma-xilligi foydalanuvchilarning tarkibi bilan ham 
bog‘liq (2.6-rasm). 
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari umumiy konsepsiyasiga 
muvofiq hisob axborotlaridan foydalanuvchilar: xizmatchilar, mol 


45 
yetkazib beruvchilar, kreditorlar, investorlar, xaridorlar, hukumat, 
jamoatchilik hisoblanadi.
Bunday axborotdan foydalanuvchilar ikkita katta guruhga: 
ichki 
foydalanuvchilar
va 
tashqi foydalanuvchilar
ga bo‘linadi.
Birinchi guruh 
ichki foydalanuvchilar
ni tashkil etadi. Keng 
ma’noda ularga korxona ma’muriyati, uning menejerlari va nihoyat 
korxona xodimlari kiradi. Korxona ma’muriyati boshqaruv qarorlarini 
qabul qilishning barcha bosqichlarida: biznes-reja tuzish, nazorat va 
boshqaruv funksiyasining o‘zining samaradorligini baholashda hisob 
axborotlaridan foydalanadi. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin