47
bo‘lib, ular hisob va moliyaviy axborotlarni milliy iqtisodiyotning
tarmoqlari va alohida ishlab chiqarishlarning rivojlanishini bashorat
qilish, nisbatlarni va o‘sish sur’atini aniqlash, yalpi daromadni hisob-
kitob qilish va boshqa shunga o‘xshash statistik ko‘rsatkichlarni hisob-
kitob qilishga zarur bo‘lgan me’yorda o‘rganish bilan shug‘ullanadilar.
Moliyaviy manfaati bo‘lmagan buxgalteriya hisobi axborotidan
foydalanuvchilar guruhiga auditorlik tashkilotlari, kasaba uyushmalari,
yollangan shaxslar, davlat muassasalari va shu kabilarni kiritish
mumkin.
Kasaba uyushmalari xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy
hisobotini uning bilan jamoa shartnomasi tuzish yoki muddatini
uzaytirish maqsadga muvofiqligi nuqtayi nazaridan o‘rganadilar.
Mahalliy davlat muassasalari va aholi korxonalar moliyaviy
hisobotlari bilan ularning moliyaviy holati va ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni ayrim tumanlar, fuqarolar yig‘ini va boshqalar doiralarida
hal eta olishlari nuqtayi nazaridan qiziqadilar.
Shunday qilib, hisob axborotlari moliyaviy hisobotda muayyan
xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini
ko‘rsatilgan yo‘nalishda ochib berishi uchun, buxgalteriya hisobining
butun metodologiyasi axborotdan foydalanuvchilar tomonidan belgilan-
gan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilishi lozim. Ayni vaqtda
buxgalteriya axborotlaridan foydalanuvchilar o‘rtasida raqobatli muhit
mavjud bo‘lgan va uning tijorat sirini saqlash obyektiv zarurati, hisob
axborotlarining mazmuniga ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan
qo‘yiladigan talablardan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyotida
buxgalteriya hisobining ikkita turi mavjud:
boshqaruv hisobi
va
moliyaviy hisob
.
Boshqaruv hisobi ichki foydalanuvchilar–xo‘jalik yurituvchi
subyektni boshqaruvchi menejerlar uchun axborotlarni tayyorlaydi.
Moliyaviy hisob tashqi foydalanuvchilar uchun axborot taqdim
etishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun uning negizida
shakllanadigan moliyaviy hisobotda tijorat siri bo‘lmaydi va e’lon
qilinishidan oldin uning ishonchliligi mustaqil auditorlik tashkiloti
tomonidan tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: