51
3
Bob
Fan, bu tartibga solingan bilimdir.
G.Spenser
BUXGALTERIYA HISOBINING
PREDMETI, OBYEKTLARI VA
METODI
Ushbu bobni o`rganish natijasida Siz:
- buxgalteriya hisobining predmeti va obyektlari;
- buxgalteriya
hisobi predmeti
va metodining o‘zaro
bog‘liqligi
to`grisida bilimlarga
;
- aktivlarni tarkibi va ishlab chiqarish jarayonidagi
fun
ksional roli bo‘yicha turkumlash;
-
aktivlarni
vujudga
kelish
manbalari
va
maqsadli
tayinlanishi bo`yicha turkumlash;
-
xo‘jalik jarayonlari va xo‘jalik operatsiyalarini tavsiflash
ko`nikmalariga ega bo`lasiz.
52
3-bob. BUXGALTERIYA HISOBINING
PREDMETI, OBYEKTLARI VA METODI
Fan, bu tartibga solingan bilimdir.
G.Spenser
3.1. Buxgalteriya hisobi predmeti va
obyektlarining ta’rifi
Ma’lumki, u yoki bu sohani o‘rganuvchi har bir fan o‘z
predmeti
,
ya’ni o‘rganiladigan
obyektlariga va
metodi
, ya’ni shu predmetni
o‘rganish usullarining ilmiy asoslangan majmuasiga ega bo‘lishi lozim.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi ham iqtisodiy fanlarning mustaqil bir
tarmog‘i sifatida o‘z predmeti va metodiga ega.
Korxonalar xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik va tasdiqlangan
biznes-rejasiga
muvofiq amalga oshirilib, ishlab chiqarishni beto‘xtov
o‘stirishga, mehnat unumdorligini oshirishga, resurslarni juda ham tejab
sarflashga, mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga,
foydani ko‘paytirish va natijada rentabellikni o‘stirishga yordam berishi
kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga
oshirishi uchun zarur mablag‘lar va ularning vujudga kelish manbalariga
ega bo‘lishlari lozim. Mablag‘lar va manbalar ta’minot, ishlab chiqarish
va realizatsiya jarayonlarida sodir bo‘ladigan xo‘jalik
muomalalari
ta’sirida o‘zgaradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni
rivojlantirish va biznesni boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Lekin
buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatining
pulda ifodalanadigan
qisminigina aks ettiradi. Bu esa buxgalteriya hisobining obyektlarini
belgilab beradi.
Xo‘jalik mablag‘lari (aktivlar), ularning manbalari (passivlar)
va mablag‘larning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayo-
nidagi doiraviy aylanishi
hamda faoliyat natijalari
Dostları ilə paylaş: