59
Taqsimlanmagan foyda
foydaning jamg‘arilayotganini ifodalaydi
va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo‘shilishi mumkin.
Maqsadli tushumlar
ga maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun
mo‘ljallangan va qaytarib berilmaydigan maqsadli moliyalashtirish mab-
lag‘lari va boshqa tushumlar kiradi. Bundaylarga grantlar, subsidiyalar,
a’zolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari va boshqa
maqsadli tushumlar misol bo‘ladi.
Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar
ga xarajatlar
va to‘lovlarni xarajatlarga bir tekisda qo‘shish uchun belgilangan
tartibda tashkil etiladigan zaxiralar kiradi.
Korxonaga chetdan jalb qilingan yoki qarzga olingan mablag‘lar
manbalariga bank kreditlari(ssudalari), kreditor qarzlar va korxonaning
boshqa majburiyatlari kiradi.
Bank kreditlari (ssudalari) – bu korxonalarning qo‘shimcha
mablag‘larga bo‘lgan talabini qondirish uchun korxonaga ma’lum
muddatga berilgan davlat mablag‘laridir. Bank ssudalari qat’iy maqsadli
ehtiyoj uchun beriladi va belgilangan muddatida qaytarilishi kerak.
Kreditor qarzlar
– bu korxonalarning mol yetkazib beruvchilarga
olgan materiallari uchun, pudratchilarga ular tomonidan bajarilgan ish
va ko‘rsatilgan xizmatlar hamda boshqa muomalalar bo‘yicha paydo
bo‘ladigan qarzlardir.
Korxona majburiyatlari
– bu budjetga va budjetdan tashqari
fondlarga o‘tkaziladigan ajratma va soliq summalari, ishchi va
xizmatchilarga (jamoa xo‘jaligi a’zolariga) beriladigan ish (mehnat) haqi
summasi va boshqalardir.
Dostları ilə paylaş: