ikki
yoqlama yozuv
usuli yordamida amalga oshiriladi. Bu usul xo‘jalik
muomalalarining ikki taraflamalik xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan,
moddiy boyliklar sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik muomalasi
bir tomondan moddiy boyliklar zaxirasini ko‘paytirsa, ikkinchi
tomondan pul mablag‘larining kamayishiga olib keladi. Xaridorda bu
muomala aks ettirilganda sotib olingan materiallarning kirimi va mol
yetkazib beruvchiga to‘langan pul mablag‘larining chiqimi bo‘yicha
ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘lanadi. Mol yetkazib beruvchi bu muomalani
aks ettirganda, xaridordan kelgan pulning ko‘payishi va unga sotilgan
materialning kamayishini o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rsatadi.
Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va
xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobining
alohida schotlarida joriy tartibda guruhlanadi. Tayyorlangan materiallar,
ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatning
tannarxini aniqlash buxgaltriya hisobida
kalkulatsiya
deyiladi. Kalkul-
atsiyaning rejadagi, normativ, kutilayotgan (provizor) va hisobot kabi
turlari mavjud. Hisobot kalkulatsiyalari buxgalteriya hisobi schot-
laridagi yozuvlar asosida tuziladi. Kalkulatsiyalash qoidalarini yuqori
organlar belgilaydi va ular barcha korxonalar uchun majburiydir.
Buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilgan korxona mablag‘lari,
mablag‘lar manbalari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari to‘g‘-
risidagi ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan
balans
tarzida umumlashtirilishi
zarur. Balansda xo‘jalik mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilib,
unda xo‘jalikda qanday mablag‘lar mavjudligi va ular qaysi manbalar
hisobidan tashkil topganligi hamda maqsadli tayinlanishi ko‘rsatiladi.
Balans mavjud mablag‘lar bilan ularning tashkil topish manbalarini
taqqoslab, xo‘jalik ahvolini o‘rganish imkonini beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati haqida
xulosa chiqarish uchun xo‘jalik mablag‘lari, ularning tarkibi va tashkil
topish manbalarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarga ega bo‘lgan balansdan
tashqari, korxonadagi ayrim bo‘limlar xo‘jalik faoliyatining umumiy
ko‘rsatkichlari, xo‘jalik faoliyatining maxsus tomonlarini tavsiflaydigan
ko‘rsatkichlar ham zarur bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish
buxgalteriya hisobi metodining muhim usullaridan bo‘lgan
hisobot
yordamida erishiladi. Ma’lum davr uchun xo‘jalik faoliyatini aks
65
ettiruvchi umumlashtirilgan va o‘zaro aloqadorlikni ta’minlaydigan
ko‘rsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yig‘indisi
hisobot
deyiladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan buxgalteriya hisobi metodini tashkil
etuvchi usullar (elementlar) ning har biri ma’lum darajada mustaqil
bo‘lishi bilan birga, boshqalarining amal qilishlari uchun birlamchi
muhim shart-sharoit ham hisoblanadi. Bu esa fanning predmeti
hisoblangan: mablag‘lar, manbalar va xo‘jalik jarayonlari hamda unda
sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalari o‘rtasida sabab-oqibatli dialektik
bog‘liqlik mavjudligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga ularni
buxgalteriya hisobi tizimida to‘liq, uzluksiz va obyektiv aks ettirishga
erishiladi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi predmeti va metodi o‘rtasida
ham sabab-oqibatli dialektik bog‘liqlik mavjud (3.7-rasm).
|