R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

Hujjatlashtirish
 
– buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi va 
ishonchliligini ta’minlay turib, mulklarning saqlanishini qat’iy nazorat 
qilish, tejamkorlikka rioya qilish va xo‘jalik faoliyati jarayonida 
mablag‘lardan maqsadli foydalanishning muhim shartidir. Buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlari mavjud mablag‘lar bilan bir xil bo‘lmog‘i kerak. 
Bunday bir xillikni ta’minlash uchun vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya 
o‘tkazib turish kerak. 
Inventarizatsiya
– bu sanash, tortish, o‘lchash va boshqa yo‘llar 
bilan korxona mol-mulkini ro‘yxat qilish, olingan ma’lumotlarni bux-
galteriya ma’lumotlari bilan solishtirish, aniqlangan kamomad, ortiqcha 
chiqish, nobudgarchilik va hokazolar tarzidagi farqlarni hujjatlar asosida 
rasmiylashtirish, bu farqlarning sabablarini va aybdorlarini aniqlashdan 
iborat. 
Buxgalteriya hisobida korxona mablag‘larini aks ettirish uchun 
hujjatlarda qayd qilingan xo‘jalik muomalalarining natura va mehnat 
o‘lchovi ko‘rsatkichlarini pul ifodasida baholash kerak. 
Baholash
– 
bu 
hujjatlarda ko‘rsatilgan xo‘jalik muomalalarini pulda ifodalash usulidir. 
U har xil narsalardan tarkib topgan xo‘jalik mablag‘larini yagona pul 
ifodasida ko‘rsatish imkonini beradi. Korxonalar mablag‘larini 
baholashda ularning haqiqiy ishlab chiqarish yoki sotib olish tannarxi 
asos bo‘ladi. Hujjatlarda aks ettirilgan va pulda baholangan barcha 
xo‘jalik 
muomalalari 
buxgalteriya 
hisobi 
schotlariga 
yoziladi. 
Buxgalteriya hisobi schotlari
– bu korxona mablag‘lari, ularning tashkil 
topish manbalari va xo‘jalik jarayonlarini guruhlash, joriy tartibda aks 
ettirish va nazorat qilish usulidir. 


64 
Xo‘jalik mablag‘lari. Ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik 
jarayonlarining har bir guruhi bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar olish uchun 
iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini 
guruhlashda schotlardan foydalaniladi. 
Xo‘jalik muomalasini buxgalteriya schotlarida aks ettirish 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin