O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
“Multimediya texnologiyalari ” kafedrasi
Mobil ilovalarni ishlab chiqish fanidan
MUSTAQIL ISHI
026-18 SKIo’
Bajardi: Yunusov Fazliddin Faxriddin o’g’li
Tekshirdi: Safarov Shoxrux
Toshkent – 2023
16 Mavzu: GitHub kodlari bilan ishlash
Qaysidir Git – loyiha bilan hamkorlikda ishlash uchun uzoq masofadagi omborni qanday boshqarish kerakligini bilish zarur. Uzoq masofadagi omborlar – bu internetda yoki yana tarmoqda qaerdadir saqlanadigan loyihaning o'zgarishlari. Ular bir qancha bo'lishi va qoidaga binoan ularning har biri sizga yo faqat o'qish yo o'qish va yozish imkoni bilan berilishi mumkin. Hamkorlikda ishlash uzoq masofadagi omborni boshqarishni, ma'lumotlar almashinuvi kerak bo'lganda unga ma'lumot yuborish (push) va undan ma'lumot qabul qilishni (pull) o'z ichiga oladi. Uzoq masofadagi omborlarni boshqarish uzoq masofadagi omborlarni qo'shishni, ulardan amalda qo'llanilmaydiganlarini o'chirishni, turli xil uzoq masofadagi tarmoqlanishlarni boshqarishni bilish va ularni kuzatiluvchilar (tracked) tarzida ajratishni yoki ajratmaslikni va boshqa shu kabi amallarni qamrab olgan. Ushbu bo'lim uzoq masofadagi omborni boshqarish yuzasidan barcha sanab o'tilgan malakalarni yoritadi.
Uzoq masofadagi omborlaringizni namoyish qilish
Qaysi uzoq masofadagi serverlar sizda sozlanganligini ko'rishni istasangiz git remote komandasini bajarish talab etiladi. U izohlari kiritilgan uzoq masofadagilar uchun qisqa nomlar ro'yhatini chiqaradi. Agar siz o'z ombringizni klonlagan bo'lsangiz sizda oxir oqibat origin ko'rinishi kerak. Bu nom odatiy nom bo'lib, uni siz omborni klon qilgan serverga Git ning o'zi biriktiradi:
$ git clone https://github.com/schacon/ticgit
Cloning into 'ticgit'...
remote: Reusing existing pack: 1857, done.
remote: Total 1857 (delta 0), reused 0 (delta 0)
Receiving objects: 100% (1857/1857), 374.35 KiB | 268.00 KiB/s, done.
Resolving deltas: 100% (772/772), done.
Checking connectivity... done.
$ cd ticgit
$ git remote
origin
Qaysi URL ga Git da qisqa nom mos kelishini ko'rish uchun komandada -v optsiyasini ko'rsatish mumkin:
$ git remote -v
origin https://github.com/schacon/ticgit(fetch)
origin https://github.com/schacon/ticgit (push)
Agar uzoq masofadagi omborlar sizda birdan ziyod bo'lsa, komanda ularni barchasini ko'rsatadi. Masalan, Grit ombori quyidagi tarzda ko'rinadi.
$ cd grit
$ git remote -v
bakkdoor https://github.com/bakkdoor/grit
bakkdoor https://github.com/bakkdoor/grit (push)
cho45 https://github.com/cho45/grit (fetch)
cho45 https://github.com/cho45/grit (push)
defunkt https://github.com/defunkt/grit (fetch)
defunkt https://github.com/defunkt/grit (push)
koke git://github.com/koke/grit.git (fetch)
koke git://github.com/koke/grit.git (push)
origin git@github.com:mojombo/grit.git (fetch)
origin git@github.com:mojombo/grit.git (push)
Bu ushbu foydalanuvchilarning ixtiyoriysidan onsongina o'zgarishlarni qabul qilishimiz mumkinligini bildiradi. Biz qo'shimcha tarzida bir yoki undan ko'plariga push komandasini ishlatishiga huquq berishimiz mumkin. Biroq biz bu haqda bu erda gaplashmaymiz. Aytish joizki ushbu uzoq masofadagi omborlar turli xil protokollardan foydalanayabdi; Biz bular haqida batafsilroq ma'lumotlarni Getting Git on a Server da beramiz.
Dostları ilə paylaş: |