Texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti


Uzoq masofadagi omborlarni qo'shish



Yüklə 38,16 Kb.
səhifə2/5
tarix08.08.2023
ölçüsü38,16 Kb.
#138962
1   2   3   4   5
Mobil ilovalar mus ish Fazliddin

Uzoq masofadagi omborlarni qo'shish
Bundan oldingi bo'limlarda men uzoq masofadagi omborlarni qo'shishni ozgina namoyish ham qilgandim endi uni batafsilroq ko'rib chiqamiz. Uzoq masofadagi Git – omborni qo'shish va murojatda onson bo'lishiga qisqa nom bilan qo'shish uchun git remote add [qisqa_nom] [url] ni bajaring:
$ git remote
origin
$ git remote add pb https://github.com/paulboone/ticgit
$ git remote -v
origin https://github.com/schacon/ticgit (fetch)
origin https://github.com/schacon/ticgit (push)
pb https://github.com/paulboone/ticgit (fetch)
pb https://github.com/paulboone/ticgit (push)
Endi siz komandalar satrida to'liq URL o'rniga pb nomini ishlatishingiz mumkin. Masalan, sizda mavjud bo'lmagan Pavlning omboridagi barcha ma'lumotlarni chiqarib olishni (fetch) xohlasangiz git fetch pb komandasini berishingiz mumkin:
$ git fetch pb
remote: Counting objects: 43, done.
remote: Compressing objects: 100% (36/36), done.
remote: Total 43 (delta 10), reused 31 (delta 5)
Unpacking objects: 100% (43/43), done.
From https://github.com/paulboone/ticgit
* [new branch] master -> pb/master
* [new branch] ticgit -> pb/ticgit
Pavlning master tarmog'i endi mahalliyda pb/master kabi joylashgan. Siz uni tekshirmoqchi bo'sangiz ushbu tarmoqqa o'tishingiz yoki o'zingizni tarmoqlaringizdan biri bilan birlashtirishingiz (merge) mumkin. (Biz tarmoqlar nima ularni qanday ishlatish mumkin va ular haqdagi batafsil ma'lumotlarni Git da tarmoqlanish da ko'rib o'tamiz.)
Sizning uzoq masofadagi omborlaringiz ustida Fetch va Pull komandalarini bajarish
Siz xozir ko'rganingizdek uzoq masofadagi loyihalardan ma'lumotlarni olish uchun quyidagi komandani bajarish kerak ekan:
$ git fetch [remote-name]
Ushbu komanda ko'rsatilgan uzoq masofadagi loyiha bilan bog'lanadi va u loyihadan sizda hali yo'q bo'lgan barcha ma'lumotlarni oladi. Komandani bajarganingizdan keyin sizda ushbu uzoq masofadagi loyihadan barcha tarmoqlarga murojatlar paydo bo'lishi kerak. Endi ushbu tarmoqlar ixtiyoriy vaqt ko'rilishi yoki birlashtirilishi mumkin.
Siz omborni klonlashtirgan vaqtingizda clone komandasi avtomatik tarzda ushbu uzoq masofadagi omborni "origin" nomi bilan qo'shib qo'yadi. Shu tarzda git fetch origin komandasi barcha qilingan ishlarning serverga jo'natilganlarini(push) siz klonlashtirganingizdan so'ng (yoki fetch yordamida o'zgarishlar olinganda) tortib oladi. Ta'kidlash muhimki, git fetch komandasi ma'lumotlarni sizni mahalliy omboringizga oladi, lekin ularni siz qilib turgan ishingiz ustiga tashlamaydi va ularni o'zgartirmaydi. Siz bu ma'lumotlarni o'z ma'lumotlaringiz bilan birlashtirishingiz uchun siz shunga tayyor bo'lgan vaqtingizda o'z qo'lingiz bilan bajarishingiz kerak bo'ladi.
Agar sizda uzoq masofadagi tarmoqni qo'shimcha ma'lumot uchun navbatdagi bo'lim va Git da tarmoqlanish ga qarang) kuzatuvchi tarmoq bo'lsa unda siz git pull komandasini ishlatishingiz mumkin. Ushbu uslub siz uchun ancha onson va ancha qulay bo'lishi mumkin. Shuningdek, git clonekomandasi odatda, o'zgarishsiz holatda sizni mahalliy master tarmog'ingizni siz klonlashtirgan uzoq masofadagi master tarmog'ini kuzatishga sozlab qo'yadi (uzoq masofadagi omborda master tarmog'i bor deya faraz qilinmoqda). git pull komandasini ishlatish, qoidaga asosan serverdan ma'lumotlarni yuklab oladi va ularni ayni damda siz ishlab turgan kod bilan birlashtirishga (merge) harakat qiladi.

Yüklə 38,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin