Uzoq masofadagi omborlarni o'chirish va nomlarini o'zgartirish Agar siz giper murojaat nomlarini almashtirmoqchi bo'lsangiz git remote rename komandasini ishlatasiz. Bu uzoq masofadagi ombor uchun ishlatilayotgan qisqa nomni o'zrgartiradi. Masalan, siz pb ni paul ga almashtirmoqchi bo'lsangiz siz uni quyidagi tarzda git remote rename yordamida amalga oshirishingiz mumkin:
$ git remote rename pb paul
$ git remote
origin
paul
Aytish joizki bu shuningdek uzoq masofadagi ombor tarmoqlari nomini ham o'zgartirgan bo'ladi. Endi pb/master nomlar paul/master ga almashgan bo'ladi.
Agar siz qaysidir sababga ko'ra murojaatni o'chirmoqchi bo'lsangiz (siz serverni o'zgartirdingizmi yoki boshqa ushbu ombor murojaatini ishlatmayabsizmi yohud ushbu murojaatga tegishli ombor faoldigi tugatilgan) git remote rm ni ishlatishingiz mumkin:
$ git remote rm paul
$ git remote
origin