39
6. Tarbiyaviy funksiyasi
. Buxgalteriya hisobi chuqur nazariya,
me’yoriy-huquqiy baza, puxta uslubiy ta’minot bilan birga axloqiy
jihatlariga (buxgalterlik etikasi) ham asoslanadi.
Shu bois, xalqaro
amaliyotda «professional buxgalterlarning axloq kodeksi» amal qiladi.
Buxgalterlar o‘z faoliyatida ushbu kodeks normalariga rioya qilishlari
lozim.
2.3. Buxgalteriya hisobini yuritishga qo‘yiladigan
asosiy talablar
Hisob yuritish oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish
uchun u ma’lum talablarga javob berishi kerak. Bular:
xo‘jalik
muomalalarini hujjatlar bilan rasmiylashtirish, hisob ko‘rsatkich-
larining reja ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanuvchanligi, to‘liqlik, o‘z
vaqtidalik, aniqlik, muhimlik, bir-biriga zid bo‘lmaslik, tushunarlilik va
soddalik, tejamlilik va oqilonalik.
Xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar bilan rasmiylashitirish
talabi
O‘zbekiston
Respublikasi
«Buxgalteriya
hisobi
to‘g‘risida»gi
qonunining 14-moddasi 1-bandi bilan mustahkamlangan bo‘lib, unga
muvofiq har bir xo‘jalik muomalasi dastlabki
hujjat bilan rasmiy-
lashitirilishi lozim. Dastlabki hujjatning yo‘qligi xo‘jalik muomalasi
sodir bo‘lmaganligini bildiradi. Agar biron-bir xo‘jalik muomalasi
hisobda
aks ettirilmaganligi aniqlansa, bu hisob ma’lumotlarini ataylab
yoki bilmasdan buzib ko‘rsatish, yoki hisobning alohida hodisalarga
(masalan, tovar-moddiy boyliklarning
tabiiy kamayishi oqibatida
yo‘qolishi) ta’sir ko‘rsata olmasligi deb qaraladi.
Xo‘jalik muomalasi faktining o‘zi hisobda korxona boshqaruvidagi
xo‘jalik jarayonining ma’lum vaqt oralig‘ida sodir bo‘lib, uning
natijasida mablag‘lar va manbalar tarkibi, ularning o‘zgarishi
tasdiqlanadi. Vaqt omili muayyan xo‘jalik
muomalasining mohiyatini
qat’iy belgilangan paytda axborotning kirishi va chiqishi bir vaqtda
ochib berishga imkon beradi. Shu bilan bir vaqtda ikki yoqlama
yozuvning
mohiyatidan kelib chiqadigan, boshqa bir masala ham hal
bo‘ladi. Bu shunday xo‘jalik muomalasini ro‘yxatga olish sanasida
buxgalteriya hisobining muhim funksiyasi – nazoratni ta’minlaydi.
Hisobning oldiga qo‘yiladigan
asosiy talablardan biri bu
Dostları ilə paylaş: