455
yaqin kelajakdagi bankrotligidan yoki faoliyatni tugatish niyatidan dalolat
bermaydigan uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni bilan shug‘ullanuvchi
korxonalar mulkdorlari manfaatlarini qondira olmas edi. Ular faoliyat
to‘xtatilishini yoki korxona tugatilishini kutib o‘tirmasdan, foydaning bir
qismidan foydalangan holda o‘zlariga mukofotlar to‘lashni afzal ko‘rishardi.
Moliyaviy natijalarni aniqlash va taqsimlash bo‘yicha haqiqiy
amaliyotning vujudga kelishi muddatsiz aktsiyadorlik jamiyatlarining paydo
bo‘lishi bilan bog‘liq. 1600 yilda tashkil topgan «Anglo-Vest-Indiya»
kompaniyasi dastlabki aktsiyadorlik jamiyatlaridan biridir.
Dengiz
ekspeditsiyalarini
moliyalashtirish
har
doim
ham
muvaffaqqiyatli
yakunlanmasligi sababli, ayrim hollarda aktsiyadorlar bilan hisob-kitoblar
uchun mablag‘lar yetishmas edi. «Bunday hollarda, dividendlar boshqa
ekspeditsiyalar aktsiyalari ko‘rinishida to‘langan, bu esa hisobni
qiyinlashtirgan. Shu sababli oldin birdaniga bir necha ekspeditsiyalarni
moliyalashtiradigan aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil qilingan,
keyinchalik
1657 yilda barcha ekspeditsiyalarni noma’lum muddatga moliyalashtirish
uchun aktsiyalar chiqarilgan. Yakuniy muddati ko‘rsatilgan aktsiyalardan
muddatsiz aktsiyalarga o‘tilishi munosabati bilan moliyaviy natijalarni
qandaydir muomalalar (ekspeditsiyalar) yakunlanganidan keyin emas, balki
har yil oxirida aniqlash tez tarqaldi”
28
[4. –S. 24]. Hozirgi kunda ushbu
maqsadlarda Bosh daftar schyotlari bo‘yicha
balans tuzilganligi haqida
fikrlar mavjud.
Buxgalteriya hisobining keyingi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan muhim
jihatlaridan biri bu Lyudovik XIV ning soliq yig‘uvchilarining moliyaviy
hisobini e’tirof etish mumkin. “Buxgalteriya hisobining ushbu turi byudjet
tashkilotlaridagi zamonaviy buxgalteriya hisobining dastlabki ko‘rinishidir.
… Har bir byudjet davri boshida soliq yig‘uvchi ma’lum okruglardan
soliqlarning reja summasini kiritgan, keyinchalik esa yil davomida u
daromadlarni “qirol” schyotiga (“o‘zi”ning foydasiga) yig‘ib borgan.
Hisobot davri yakunlangandan keyin hisobot tuzib,
unda olingan summani
ko‘rsatgan”
29
[1. –S. 35].
Buxgalteriya hisobi ushbu turi yangi tushuncha –
hisobot davri
tushunchasi kiritilganligi bilan e’tiborga loyiq. Bundan tashqari, ushbu
holatda
hisob davri (moliyaviy yil) tushunchasi kalendar yil bilan mos
kelgan
.
Statik buxgalteriya hisobi amaliyotida birinchi marta 1673 yilda
Fransiyaning Tijorat kodeksi – Ordonans (
Ordonnance de Commerce
) da
28
Хендриксен Э.С., Ван Бреда М.Ф.
Теория бухгалтерского учета. — М.: Финан¬ сы и статистика, 1997.
29
Ришар Ж.
Бухгалтерский учет: теория и практика. - М.: Финансы и статис¬ тика, 2000.
456
qonuniylashtirilgan.
Tadbirkorlikning intensiv rivojlanishi kreditlarning
qoniqarsiz holati va bankrotlik holatlari iqtisodiy hayotda davlatning rolini
oshirish,
tartibni
saqlashni
kafolatlashni
kuchaytirish,
kreditorlar
manfaatlarini himoyalash zaruratini vujudga keltirdi.
Ordanans barcha yirik va kichik tadbirkorlardan “amalga
oshirilgan
muomalalar,
veksellar,
debitor
va
kreditor
qarzlar,
shuningdek,
tadbirkorlarning uy xo‘jaligi uchun jalb qilingan pul mablag‘lari haqidagi
ma’lumotlarni aks ettirgan daftarni yuritish”ni majbur qilgan
30
[5. -C.18].
Bundan tashqari, Ordonansda “savdogarlarning ikki yilda kamida bir marta
inventarizatsiya o‘tkazishi majburiy ekanligi eslatilgan, bunda Kodeksda
baholashning hech qanday tartiblari ko‘zda tutilmagan
31
[1.- S. 67-68].
Kodeksda uning asosiy muallifi Jak Savari
tomonidan buxgalteriya
hisobining uchta funktsiyasi ajratib ko‘rsatilgan:
–
tadbirkorlarning o‘z-o‘zini axborot bilan ta’minlashi;
–
barcha xo‘jalik faktlarini majburiy ravishda hujjatlashtirish va sud
muhokamalarida hujjatlarining yuridik kuchga ega bo‘lishi;
–
mol-mulklarni inventarizatsiya qilish.
Tadbirkorlarning o‘z-o‘zini axborot bilan ta’minlashini
amalga
oshirish maqsadida J. Savari davriy inventarizatsiyaga asoslangan hisobotni
qonunan qayta tiklagan (agar u XIV asr oxirida Florentsiyada mavjud
bo‘lganligini hisobga olsak).
Dastlabki hujjatlarning yuridik kuchga ega bo‘lishi haqida
Kodeksda
birinchi marta eslatilgan. Luka Pacholi davrida va undan keyingi ikki yuz yil
davomida sud muhokamalarida dastlabki hujjatlarning yuridik kuchga ega
bo‘lishi haqida ma’lumotlar faqat “savdoga oid” (buxgalteriya) daftarlarida
mavjud bo‘lgan.
Ordonansda hisobot balansini tuzish bo‘yicha hech qanday talablar
mavjud emas. “Mukammal savdogar” nomi bilan 1675
yilda alohida kitob
sifatida chop qilingan Kodeksga sharhlarda J.Savari
inventarizatsiya
ro‘yxati
ni uning asosi sifatida bayon qilgan. Balans inventarizatsiya ro‘yxati
buxgalteriya schyoti shaklida
aks ettiriladigan yakuniy bosqichi sifatida
inventarizatsiya qaydnomalarining tarkibiy qismi sifatida talqin etilgan va
“inventarizatsiya ro‘yxatini balans ko‘rinishida taqdim etish” deb
nomlangan.
J.Savari balans vazifalarini ochib bergan. Balans “birinchidan,
tadbirkor yil davomida nimalarni olgan (sof aktivlari orqali), ikkinchidan,
30
Обербринкманн Ф. Современное понимание бухгалтерского баланса / Под ред. Я. В. Соколова. — М.: Финансы
и статистика, 1997.
31
Ришар Ж.
Бухгалтерский учет: теория и практика. - М.: Финансы и статис¬ тика, 2000.
457
tadbirkorning mol-mulkini uning xodimlari va ishchilari o‘g‘irlamasligini
aks ettiradi”. Frank Oberbrikmann fikricha «Savarining g‘oyalari hisobot
foyda
va zararni, shuningdek o‘g‘irlik hollarida mumkin bo‘lgan mulkiy
zararlarni aniqlash uchun tuzilishini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, hisobot
mol-mulklar qiymatini hisoblash, shuningdek xo‘jalik holati haqida
ma’lumot berish uchun xizmat qiladi»
32
[5. - S.19].
Shunday qilib, inventarizatsiyaning uchta vazifasi namoyon bo‘lgan:
mulkdor mulklari saqlanishini ta’minlash;
mulkiy holatni aniqlashtirish, ya’ni
qarz majburiyatlarini qoplash uchun
korxona mulklarining yetarliligini aniqlash
;
xo‘jalik yuritishning moliyaviy natijasini hisoblash.
Dostları ilə paylaş: