Jak Savari
(1622–1690) – buyuk fransuz yuristi va
buxgalteri, «Tijorat kodeksi»ning asoschisi (1673-yil),
alohida korxona xo‘jalik faoliyatini buxgalterlik
hisobining predmeti deb hisoblagan, hisobning sintetik va
analitik hisob turlariga bo‘linishini asoslab bergan. Ikkita
33
Обербринкманн Ф. Современное понимание бухгалтерского баланса / Под ред. Я. В. Соколова. — М.: Финансы
и статистика, 1997.
34
Ришар Ж.
Бухгалтерский учет: теория и практика. - М.: Финансы и статис¬ тика, 2000.
459
balans tuzish zarurligini ko‘rsatib bergan: bittasi bosh daftar schotlari
bo‘yicha va ikkinchisi inventarizatsiya ro‘yxatlari bo‘yicha, ushbu
balanslar o‘rtasida odatda, har doim tafovutlar bo‘lishini ta’kidlagan. U
savdo kalkulatsiyasini tuzish uslubini birinchi marta bayon qilib bergan.
35
Manfaatdorlar (kreditorlar, mulkdorlar, menejment) balans tuzishning
maqsadini belgilaydi (korxonani soxta tugatish, haqiqiy tugatish, kapital
qo‘yishning samaradorligi); maqsad esa balansga kiritiladigan mol-mulklar
tarkibini bilish va qo‘llaniladigan baholash uslubini (sotish mumkin bo‘lgan
yoki haqiqiy sotish baholari; tarixiy qiymati – haqiqiy qiymati) belgilaydi.
Shubhasiz, birinchi o‘ringa soxta tugatish bo‘yicha statik joriy
balansini qo‘yish kerak (1-rasm). U faoliyatni tugatish statistikasi emas,
faoliyatni davom ettirish statikasiga yo‘naltirilgan.
Soxta tugatish uchun tuzilgan statik balans “mol-mulklar qarzlarni
qaytarish(so‘ndirish)ga yetarlimi?” degan savolga javob berishi kerak.
Aynan ushbu balans natijasi va tahlili quyidagi jarayonlarni belgilab bergan:
-
qarz majburiyatlarni qoplashga mol-mulklar yetishmaganida yoki qarzlar
to‘langanidan keyin mulklar qolmaganida bankrotlik jarayoni vujudga
kelib, tugatish balansi tuzishga olib keladi;
-
mol-mulklarning sof qiymati (qarz majburiyatlari qoplanganidan keyin
mulkdorlarning mol-mulkdagi ulushi) aniqlanganida, moliyaviy natijani
(kapital kiritish samaradorligini baholash imkonini beradigan) aniqlash va
agarda foyda mavjud bo‘lsa, zarur hollarda uni keyingi taqsimlash uchun
mo‘ljallangan balansni tuzishga asos paydo bo‘ladi (korxona bankrotlik
xavf solmaydi).
Soxta tugatish uchun tuzilgan statik balans sotish mumkin bo‘lgan
bahoda baholangan mulklar qiymati (A
smb
) va kreditorlik qarzlari (M)
o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan korxona mulklari sof qiymati (XK)
hisob-kitobiga asoslangan:
A
smb
– M = XK, (4)
35
460
1-jadval
Dostları ilə paylaş: |