132
«Sharq» fermer xo‘jaligida dekabr oyida quyidagi xo‘jalik
operatsiyalari sodir bo‘lgan:
1. 10-dekabrdagi 6-sonli schot bo‘yicha shartnoma bahosi 80 000
so‘mlik material «Zenit» zavodidan olingan.
2. Xodimlarga ish haqi hisoblangan – 47 000 so‘m.
3. Hisoblangan ish haqidan yagona ijtimoiy to‘lov uchun ajratma
hisoblandi – 15510 so‘m.
4. Xo‘jalik ehtiyojlari uchun hisob-kitob
schotidan pul olindi va
kassaga kirim qilindi – 5 000 so‘m.
5. «Zenit» zavodiga olingan materiallar uchun qarz hisob-kitob
schotidan o‘tkazildi (1-operatsiyaga qarang) – 80 000 so‘m.
Ushbu muomalalarni aks ettirish tartibi quyidagicha:
1) Balans aktivi va passivi moddalari ma’lumotlariga asosan aktiv
va passiv schotlarni ochib, ularga qoldiqlarni o‘tkazamiz:
—
0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar» (mashina va
uskunalar);
—
1000-«Xomashyo va materiallar»;
—
2000-«Asosiy ishlab chiqarish»;
—
2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»;
—
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari»;
—
5110-«Hisob-kitob schoti»;.
—
8300-«Ustav kapitali»;
—
6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schotlar»;
—
6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar»;
—
6520-«Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar»;
—
6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik».
2) Dekabr oyida sodir bo‘lgan xo‘jalik
muomalalarining iqtisodiy
mohiyatini ko‘rsatamiz:
1.
Ombordagi ishlab chiqarish zaxiralari ko‘payadi va bir vaqtning
o‘zida majburiyatlar (kreditor qarz) ko‘payadi.
2.
Korxonaning joriy xarajatlari va ish haqi bo‘yicha majburi-
yatlari ko‘paygan.
3.
Davlatning maqsadli fondlari oldidagi majburiyatlar ko‘paygan.
4.
Hisob-kitob schotida pul mablag‘lari
kamaygan va kassada
ko‘paygan.
5.
Hisob-kitob schotidagi pul mablag‘lari kamaygan va mol
yetkazib beruvchilarga qarzlar kamaygan.
133
Yuqorida keltirilgan xo‘jalik operatsiyalarini
ularning iqtisodiy
mazmunidan kelib chiqqan holda schotlarda aks ettiramiz. Har bir schot
bo‘yicha oborotlarni jamlab, oy oxiriga qoldiq chiqaramiz.
0130-«Mashina va uskunalar»
schoti
D-t K-t
1010-«Xomashyo va materialar»
schoti
D-t K-t
01.12.2020 ga
qoldiq 310000
01.12.2020 ga
qoldiq 90000
1) 80000
Oborot –
Oborot –
Oborot 80000
Oborot –
01.01.2021 ga
qoldiq 310000
01.01.2021 ga
qoldiq 170000
2810-«Ombordagi tayyor
mahsulotlar» schoti
D-t K-t
5010-«Milliy valutadagi pul
mablag‘lari» schoti
D-t K-t
01.12.2020 ga
qoldiq -100000
01.12.2020 ga
qoldiq 6000
4) 5000
Oborot –
Oborot –
Oborot 5000
Oborot –
01.01.2021 ga
qoldiq -100000
01.01.2021 ga
qoldiq – 11000
5110-«Hisob-kitob
schoti»
D-t K-t
2010-«Asosiy ishlab chiqarish»
schoti
D-t K-t
01.12.2020ga
qoldiq 175000
4) 5000
5) 80000
01.12.2020 ga
qoldiq –
2) 47000
3) 15510
Oborot –
Oborot 85000
Oborot 62510 Oborot –
01.01.2021 ga
qoldiq –90000
01.01.2021 ga
qoldiq 62510
135
Hisoblab chiqarilgan yakuniy qoldiqlarga asosan «Sharq»
fermer
xo‘jaligining 2021-yil 1-yanvar holatiga balansini tuzamiz.
Dostları ilə paylaş: