145
6-bob. BUXGALTERIYA HISOBI SCHOTLARINING
TURKUMLANISHI VA SCHOTLAR REJASI
Schotlarni turkumlash schotlar rejasini
tuzishga olib keldi,schotlar rejasi esa,
hisobning imkoniyatlarini kengaytirdi
.
Ya.V.Sokolov
6.1.
Schotlarni turkumlashning ta’rifi
Korxonalar o‘z xo‘jalik faoliyatida mablag‘larini va ularning
tashkil
topish manbalarini, xo‘jalik jarayonlarini hamda sodir bo‘la-
yotgan turli-tuman xo‘jalik muomalalarini aks ettirish uchun
buxgalteriya hisobi schotlaridan foydalanadi.
Bu schotlarda nimalar
hisobga olinishi, ular yordamida qanday umumlashtiruvchi ma’lumotlar
olish mumkinligini bilish shu schotlardan korxonalar amaliyotida to‘g‘ri
foydalanish uchun shart-sharoit yaratib beradi. Qo‘llanilayotgan
buxgalteriya hisobi schotlari xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish
manbalari va xo‘jalik jarayonlarini guruhlashni ta’minlashi lozim.
Schotlarda aks ettirilgan yozuvlar yordamida xo‘jalik jarayonlariga
amaliy ta’sir ko‘rsatish va ular ustidan nazorat o‘rnatish
uchun zarur
bo‘ladigan ma’lumotlar umumlashtiriladi.
Buxgalteriya hisobidagi mavjud schotlarning yig‘indisi
schotlar
tizimini
tashkil etadi.
Buxgalteriya hisobining schotlar tizimini bilish barcha schotlarni
ma’lum bir tartibda guruhlash (turkumlash)
hamda har bir guruh
schotlarining iqtisodiy mazmunini, ularning
tayinlanishi va tuzilishini
tushunish imkonini beradi.
Bunday turkumlashga negizida buxgalteriya hisobi predmetining
iqtisodiy mazmuni, ya’ni xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning
manbalari hamda mablag‘larning kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish
jarayonidagi doiraviy aylanishi (xo‘jalik jarayonlari: ta’minot, ishlab
chiqarish va realizatsiya) asos bo‘ladi (6.1-rasm).
Schotlarni turkumlash quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
1)
schotning mazmuni,
funksiyasi va tayinlanishini, uning boshqa
schotlardan prinspial farqi va umumiyligini tushuntirish;
146
2)
schotlarning
mohiyatini,
ularning
iqtisodiy
shakllanishi
va
ishlatilishini o‘rganishni osonlashtirish;
3)
schotlar rejasini tuzishda yordam beradi.
.
.
Dostları ilə paylaş: