Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
balki borgan sari ko‘payib, blokcheyn texnologiyalari, raqamli valyutalar va
boshqa taqsimlangan reestrlarga asoslangan ko‘plab miqdordagi loyihalar vujudga
keldi.
Shunday qilib, birgina obruli jurnalda nashr qilingan maqola tufayli
blokcheyn, bitkoin, kriptovalyuta va taqsimlangan konsensus bo‘yicha ko‘plab
qizg’in muhokamalar boshlandi va jahon bo‘ylab yangi texnologiyaning inqilobiy
yurishi boshlandi. Shuni ham tushunish lozimki, blokcheyn –
jamiyat va
iqtisodiyotni batamom transformatsiya qiluvchi, bir qancha biznes modellarni
tubdan o‘zgartiruvchi va bularning natijasida ilmiy
texnik yangilik sifatida
ishonchni hayotga olib kiruvchi raqamli innovatsion texnologiyadir. Ishonch
mavjud bo‘lgani uchun ommaviy axborot vositalariga bosim ancha kamayadi,
ko‘pchilik korxona va tashkilotlar blokcheyn texnologiyalari bilan ta’minlanadilar,
blokcheyndan foydalanadigan loyihalar soni esa ko‘payadi,
investorlar buni
tushungan xolda o‘z kuch-g’ayratlarini bunday texnologiyalarni rivojlantirishga
qaratadilar. Natijada biz ham blokcheyn texnologiyalari tufayli dunyoga ishonch
nuqtai-nazaridan qaray boshlaymiz va bizga blokcheyn texnologiyalari ozodlik va
ishonch bahsh etadi.Bu atamaning ma’nosini tushunish
uchun quyida uning turli
xildagi nuqtai-nazar va yondoshuvlardan kelib chiqqan aniqlanuvlarini beramiz, bu
uni yanada to‘liqroq tushunishga imkon beradi:
Dostları ilə paylaş: