R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95


Transport tarmog‘ini loyihalashtirish



Yüklə 8,17 Mb.
səhifə83/118
tarix21.10.2023
ölçüsü8,17 Mb.
#159429
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118
02 ИСАЕВ устоз МАТ китоби

Transport tarmog‘ini loyihalashtirish

Infokommunikatsiya tizimi evolyutsiyasining boshlang‘ich bosqichida kanallar kommutatsiyasi bo‘lgan qurilma asosiy o‘rinni egallaydi. Umumiy transport tarmog‘ining asosiy resurslari so‘zlashuv axborotini eltib berish uchun qo‘llaniladi. Paketlar kommutatsiyasi bo‘lgan qurilma umumiy transport tarmog‘i resurslarining kichikroq ulushidan foydalanadi. Kanallar kommutatsiyasi tarmoqlaridan paketlar kommutatsiyasi tarmoqlariga so‘zlashuv axborotlarini uzatish, kompressiyalash va kommutatsiyalash masalalarini hal etish uchun media shlyuzlar o‘rnatiladi.


Transport tarmog‘i resurslarining bir qismi ikkala kommutatsiyalash tarmoqlari (KK va PK) bilan birgalikda qo‘llanilishi kerak. Bu agar ikkala tarmoqda ham soatdagi katta yuklama mos tushmagan holatlarda, o‘ta yuklanishlarni bartaraf etadi.
Infokommunikatsiya tizimi evolyutsiyasining oxiridan bitta oldingi bosqichida multimedia li axborotni eltib berishni ta’minlovchi paketlar kommutatsiyasi bo‘lgan qurilma asosiy o‘rinni egallaydi. Umumiy transport tarmog‘ining asosiy resurslari paketlar kommutatsiyasi rejimida multimedia li axborotlarni transportlash uchun qo‘llaniladi. Kanallar kommutatsiyasi bo‘lgan qurilma endi umumiy transport tarmog‘i resurslarining kamroq ulushidan foydalanadi.
Transport tarmog‘ining o‘tkazish qobliyati katta bo‘lishi kerak, bumultimedia li trafikda video axborotning mavjudligi bilan izohlanadi. Transport tarmog‘i resurslarining bir qismi ikkala kommutatsiyalash tarmoqlari tomonidan birgalikda qo‘llanishda davom ettiriladi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarining deyarli barcha operatorlari duch keladigan muammolar o‘rtasida, kirish tarmog‘ini keyingi rivojlanishi uchun ssenariyni tanlash murakkabligini ta’kidlash kerak. Bunday holat juda ko‘p omillarga bog‘liq, ammo infokommunikatsiya xizmatlari bozorida talabni bashorat qilishdagi murakkablikni yetakchi deb hisoblash mumkin. Shuning uchun telekommunikatsiya tarmog‘i operatori uchun bozordagi talabga bog‘liq holda eng kam xarajatlar bilan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan, tizimli-tarmoqli yechimlar juda katta amaliy qiziqish uyg‘otadi. Bunday shartlarni ‘‘Protey-MAK’’ga o‘xshash apparat-dasturiy vositalar qanoatlantiradi. Ular operatorlarga texnologiyalarni tanlashga talab qo‘ymaydi va xizmatlarning yangi turlarini kiritish jarayonlarini to‘xtatib qolmaydi.
Tarmoqlarning o‘zaro ta’siri.
NGNning fizik arxitekturasi uchta sathni (platformani) o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular orasida standart interfeyslar qo‘llaniladi, bu esa masshtablashtirishni, yetkazib beruvchilarga bog‘liq bo‘lmaslikni, investitsiyalarni saqlanishini va aloqa operatori uchun foydali bo‘lgan boshqa juda ko‘p xossalarning saqlab qolinishini ta’minlashga imkon beradi.
Keyingi avlod tarmog‘ining fizik arxitekturasi (8.5-rasm) o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:


10.5- rasm. NGN arxitekturasi (Recommendation ITU-T Y.1001)

Yüklə 8,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin