E’LON
2017-yil 27-dekabr kuni, 1-juftlikda
“Pedagogika nazariyasi va tarixi”
2-kurs magistrantlari
bilan bo‘lib o‘tadigan
(113-auditoriyada)
p.f.n., dots. R.M. Medetovaning
“Korreksion faoliyatning asosiy tamoyillari” mavzusidagi
ochiq ma’ruza mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi.
Mavzu: KORREKSION FAOLIYATNING ASOSIY TAMOYILLARI
1-Umumiy o‘rta ta’lim maktablarini pedagogik tashxislash va korreksiyalash yo‘llari.
2-Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini pedagogik tashxislash va korreksiyalash yo‘llari.
3-Talabalami pedagogik tashxislash va korreksiyalash yo‘llari.
Pedagogik lug‘atda “korreksiva” tushunchasi (yunoncha “correctiio” — tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomalb olalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi.
Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksionprofilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o‘qitish, psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim das turiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan yaxlit jarayon.
Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o‘rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
1) rivojlanishida turli kamchiliklar bogan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korreksion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
2) differensatsiyali o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;
3) anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
4) rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;
5) bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo‘qotish yoki kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
6) anomal bolalikning oldini olish bo‘yicha profilaktik choratadbirlar tizimini ishlab chiqish;
7) anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishlar quyidagi vo‘nalishlarda olib boriladi:
Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o‘rganish.
2. Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar boMgan bolalar bilan korreksionpedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o‘rganish.
3. Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
4. Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga korreksion-pedagogik ta’sir ko'rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish.
5. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida nuqsonlar boMgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish.
6. Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.
7. Anomal bolalar bilan koreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi o ‘qituvchilarni tayyorlashda zarur o ‘quv-metodik bazasini yaratish.
Dostları ilə paylaş: |