B ir is h jo y id a b ir y o k i b ir n e c h a ish c h i y o x u d ish c h in in g q a tn a sh u v isiz u n in g
n a z o r a ti o s tid a m a x s u s m e h n a t v o sita la r i y o r d a m id a b a ja rila d ig a n va m e h n a t
p r e d m e tig a a w a ld a n o ‘r n a tilg a n , t a ’sir k o ‘r sa tish d a n tark ib to p g a n ish la b
c h iq a r ish ja r a y o n in in g b ir q ism i o p e r a ts iy a d eb a ta la d i.
O lz belgilari bo ‘yicha m ehnat operatsiyalari quyidagi bo‘limlarga bo'linadi:
— texnologik, qayta ishlash uni bajarishda m ehnat predmetining;
shakli va xususiyati o ‘zgarib, tayyor mahsulot bo ‘lishi uchun yig‘iladi;
— nazorat, buning natijasida m ehnat predm etiga q o ‘yilgan u yoki bu
talablarga mosUgi aniqlanadi;
— transport, u m ehnat predmeti xususiyatini o ‘zgartirmay islilab cliiqaiisli
jarayoni talablariga mos ravishda bir joydan boshqa joyga harakatini ta’minlaydi;
— ta ’minlovchi, uning natijasida transport, texnologik, nazorat operatsiyalarini
bajarish uchun zarur sharoitni ta ’minlaydi;
— rejalashtirish, uning yordamida m ehnat jarayonining qanday izchillikda
qaysi operatsiya elem entlaridan qay darajada foydalanib, usullar, harakatlar
qanday tartibda bajarilishi belgilanadi.
Ishlab chiqarish muhitida boshqarish faoUyatining m uhim maqsadlaridan
biri, ishlab chiqarish samaradorligidir, u mahsulot raqobatbardoshligiga va sifatini
oshirish, m ehnat unumdorligining o ‘sishi, investitsiyalar rentabelligini ko‘payishi
kabi omillarga bog‘liqdir. Belgilangan maqsadlarga erishish uchun keng kompleks
texnik, texnologik, tashkiliy boshqaruv tadbirlarini: butun firma uchun texnik
siyosat va investitsiyaning m uhim sohalari va yo‘nalishini belgilashni; texnologik
jarayonning eng istiqbolli sohalariga butun kuchni va resurslami to ‘plash; EH M
140
dan foydalanib ishlaydigan ishlab chiqarish tizimining yangi avlodini yaratishni
amalga oshirish zarur.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda investitsiya tamoyillarini ishlab
chiqish m uhim ahamiyatga ega.
Eng m uhim tamoyillarga quyidagilami ko‘rsatish mumkin:
— investitsiya samaradorligini aniqlashda uzoq muddatli investitsiyaga amal
qilish;
— past bahoda sotib olish va yuqori bahoda sotish;
— bozor mexanizmiga ta ’sir ko‘rsatadigan turli fondlar operatsiyasi kabi
omillardan rejalashtirishda foydalanish;
— barcha axborotlaming mavjudligi; har qanday m ehnat jarayonini tashkil
qUish asosini — texnologik jarayon tashkil qilib, u zaruriy izchillik va m ehnat
operatsiyalari hamda unga mos vositalar, usullar, m ehnat uslublarini belgilaydi.
Bozorda paydo b o ig an yangi sharoitlar boshqarishni sodda va ixcham tizimlarini
yaratishni talab qilib qoldi.
Ishlab chiqarishning samarali tashkiliy tizim ini yaratish tam oyillarini
quyidagilar belgilaydi:
— b o ‘lim tizim ini ishlab chiqarishga em as, balki tovarga, bozorga,
iste’molchiga m o‘ljallash;
— tashkiliy tizim asosini mutaxassislardan tuzilgan maqsadh guruhlar yoki
jam oa tashkil qiladi, awalgidek funksiyali b o iim lar emas;
— boshqarish darajasini minimal miqdorga keltirish;
— har bir xodimning so‘nggi natija uchun mas’uliyati va tashabbus bilan
chiqish imkoniyati; firmaning samarali rivojlanishida asosiy ahamiyatni texnik
yangiliklarga va mahsulot sifatiga qaratish.
Yangi mahsulot ishlab chiqarish bir necha bosqichlardan tashkil topib,
uning natijasiga har bir bosqich uchun javob beradigan konstruktor, texnologlar
mas’uliyatlidir. Yangi buyumlar ishlab chiqishga yangicha yondashuv barcha
ishlar uchun javob beradigan maqsadli guruhlar tuzishga asoslangan. Firma
raqobatbardoshliligining yuqori darajasiga erishishning m uhim om ili kom-
paniyalaming ulkan sanoat korxonalari doirasida ishlab chiqarishning kon-
sentratsiyalashuvidir. Ularda boshqarishning murakkab tashkiliy tizimi, eng yangi
boshqarish texnik vositalari va ishlab chiqarishning yuqori darajada avtomatlashuvi
birgalikda q o ‘shib olib boriladi. M enejm entni ishlab chiqarish m uhitida
takomillashtirish quyidagilami ko‘zda tutadi:
— firma faoliyatini uzoq muddatli istiqbolga m oijallash;
— chuqur tadqiqotlar o ‘tkazish;
— ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash;
— yangiliklami (innovatsion) tatbiq qilish faoliyati;
— xodimlami ijodiy faolligidan maksimal foydalanish;
— xodimlami o ‘sishi va ish haqini real faoliyat natijalariga bogliqligi.
141
Hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni kengaytirish masalasiga ham, shuningdek
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalariga ham tegishli bo‘lgan AQSH
va Yaponiya firmalarida ishlab chiqarishni boshqarishda aniq ifodalangan tafovut
mavjud. K om paniyalar ishlab chiqarish quvvatlarini tu rli u sullar bilan
kengaytirmoqdalar:
— boshqa firmalar bilan birlashish va singib ketish;
— o‘z moliyaviy mablag‘lari hisobini m o‘jallangan holda yangi qurilish va
jihozlar uchun yangi kapital qo‘yilma;
— zaruriy jihoz yoki ishlab chiqarish korxonasini arendaga olish;
— q o ‘shma korxonalar ochish va sherikchilik asosida ishlab chiqarish
kuchlarini birlashtirish;
— pudrat shartnomasi asosida birgalikda qurilish olib borish.
Amerika kompaniyalari ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishda firmalaming
birikishi yoki bir-biriga singib ketishiga katta ahamiyat beradi. Ishlab chiqarishning
iyerarxiya tizimida bir-birini o ‘zaro to ‘ldiruvchi
2
ta tizimchalar mavjud: tashkiliy
va ishlab chiqarish. U lam ing har biri boshqasiga nisbatan mustaqil holda
qatnashadi. Korxonaning ishlab chiqarish tizimi xizmatlar va sexlar tartibini,
ulaming quw atini, tuzilish shaklini belgilaydi. U quyidagilarga bo ‘linadi: Tizim
turi bo'yicha: texnologik, predmet, aralash. Ishlab chiqarish ko‘rinishlari bo ‘yicha:
ommaviy, seriyali, yakka. Ishlab chiqarish tizimi konsemga kiradigan firma
tarkibini quyidagi ko‘rsatkichlar bo ‘yicha tavsifiaydi: quw atini, kooperatsiya va
ixtisoslashtirish shakli va tavsifini, ishlab chiqarilayotgan mahsulot belgisini.
Ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishi unga axborotni to ‘plash va qayta ishlash
tizimida avtomatlashtirishdan foydalanish yangi tashkiliy tizimni rivojlantirish
shartini qo‘yadi. K o‘p firmalar to ‘xtovsiz o‘z tashkiliy va ishlab chiqarish tizimini
qisqartirm oqda, shu bilan b o iim lar, bosh boshqaruvchi va mijozlar bilan
ishlaydigan xodimlar soni qisqarmoqda. Bu har bir menejemi birinchi vazifasi
sifatida istein o lch ilar talabini qondirishni m oljallashga m ajbur qilmoqda.
Ruhshunos A. Maslou tom onidan o ‘tkazilgan ishlab chiqarishni boshqarishda
axloq masalalari bo ‘yicha tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson xulqining asosiy
motivlari iqtisodiy kuchlargina bo‘lmay, pul ifodasida qoniqtirmaydigan turli
ehtiyojlardir. U m ehnat unumdorUgi ish haqini oshirish bilangina o ‘smay,
ishchilaming o ‘z m ehnatidan qoniqish hosil qilishining o‘sishi va jamoadagi
o ‘zaro munosabatlam i yaxshilash hisobiga yuksalishi mumkin. Boshqarishda
o ‘zaro shaxsiy m u n o sa b a tla m i yaxshilash u su lin i q o lla n ilis h i m e h n a t
unumdorligini o ‘sishini va ishchining o ‘z m ehnatidan qoniqish hosil qihshining
asosidir degan konsepsiya yuzaga keldi. Ishlab chiqarish moddiy-texnik ta ’m inoti
quyidagi yo‘nalishlar b o ‘yicha masalalami hal qilishni ko‘zda tutadi:
— korxonani uzluksiz ishlashini ta ’minlash;
— yetkazib beruvchi va pudratchi yetkazib beruvchilar bilan aloqani
yaxshilash;
142
— ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonini ixcham ishlab chiqarish, minimal
zaxiralar, ishlab chiqarish jarayonlari grafiklarini bajarish tamoyillari asosida
ta ’minlash;
— ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, sotish kabi barcha faoliyat turlarini
moliyalashni ta ’minlash;
— ishlab chiqarish jarayonini zaruriy miqdorda mos darajali mutaxassislar
bilan ta ’minlash.
Har qanday katta kompaniya har qancha ishlab chiqarish quwatlariga ega
bo ‘lmasin, so‘nggi iste’molchiga ommaviy ishlab chiqarilgan texnik jihatdan
m urakkab buyum larning qism lari va detallari bilan o ‘z-o‘zini ta ’m inlash
imkoniyatiga ega emasligi uchun ko‘plab pudratchi yetkazib beruvchilar bilan
aloqa qilishga va shuning bilan birgalikda m ahsulot sifatini saqlab qolish
maqsadida yetkazib beruvchi pudratchilar faoliyatini texnik hujjatlarga javob
berishini nazorat qilib turadilar. Pudratchi yetkazib beruvchilar bilan ishlami
bir joyda konsentratsiyalashuvi ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatining barcha
yo‘nalishlarida doimiy aloqalami shakllanishiga imkon beradi. Ishlab chiqarish
b o lim in in g ilmiy-texnika b o iim i pudratchi yetkazib beruvchilarni yangi
buyumlami tayyorlash, ishlab chiqish, ulam i tatbiq qilish pudratlari haqida
vaqtida xabar qilishlari kerak, chunki ular ham tayyorlanayotgan qismlar va
detallaming ishlab chiqarish va texnologik bazalariga o ‘zgartirish kiritib qayta
qurish imkoniyatiga ega boladilar. Yaponiya kompaniyalarida, so ‘ngra esa
Amerika va Farbiy Yevropada ishlab chiqarishning «Kanban» tizimini ko‘lami
kengaymoqda, u o ‘zida operativ rejalashtirish, ombordagi zaxiralar nazorati,
texnika ta ’minoti, ishlab chiqarishni texnik tayyorgarligi kabi fiinksiyalami
mujassamlashtiradi. «Kanban» tizimi asosiga «aniq o ‘z vaqtida» tamoyili qo‘yilgan
b o iib , unda ishlab chiqarish siklining barcha fazalarida talab qilingan detallar
va qismlar ularga ishlab chiqarish operatsiyasi davomida ehtiyoj tug‘ihshi bilan
yig‘ishga beriladi. Bu tizimda omborlarda saqlash uchun noishlab chiqarish
xarajatlari va tovar xarajatlari keskin kamayadi.
Dostları ilə paylaş: |