R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


M A H S U L O T S I F A T I N I B O S H Q A R I S H



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/192
tarix30.09.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#150665
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   192
Menejment asoslari

147


M A H S U L O T S I F A T I N I B O S H Q A R I S H
M ahsulot sifati (yangilik, texnik darajasi, nuqsonlar yo‘qligi, foydalanishda 
ishonchliligi, mustahkamliligi) bozomi ushlab qolish va egallash raqobat kurashida 
m uhim vositadir. Talabni qondirish— m arketingning bosh m uam m osidir. 
Iste’m olchilar himoyachilari sotilayotgan tovarlar yaxshi emasligidan shikoyat 
qiladilar. Shuning uchun sifatni ta ’minlash va boshqarish alohida ahamiyatga 
ega. 70-yillarda rivojlangan mamlakatlarda b o ‘lib o ‘tgan inflyatsiya aholini sotib 
olinayotgan tovarlar sifatiga e ’tibor berishini 
talab qildi. Shunday maqolni 
eslang: «Biz arzon tovarlami sotib oladigan darajada boy emasmiz». Shuning 
bilan birgalikda chet el mamlakatlarida raqobat kuchayib ketdi. Yapon firmalari 
Amerika bozorlarini egallash uchun sifat masalasini strategik vazifa qilib belgiladi. 
Shuningdek, amerikaliklar ham kechagiga qaraganda bugun yaxshi sifatli tovar 
chiqara boshladi. Sifat haqida g‘amxo‘rlik qilayotgan firma tarmoqning o ‘rtacha 
darajasidan yuqori foyda ola boshladi. Shuning uchun ko'plab firmalar sifatli 
mahsulot chiqara boshladi. Sifat menejmenti mahsulot rivojlanishining har bir 
bosqichida sifat haqida qayg‘urishni anglatadi, aw allari sifat bilan m a’lum 
xodimlar shug‘ullanar edi. Bugun esa sifat uchun bosh boshqaruvchilar javob 
beradi. Sifat har bir loyiha va har bir jarayonning asosi bo ‘lishi kerak. Unga 
faqat nazorat orqali erishib bo ‘lmaydi. Asosiy e ’tibor nazoratga qaratilgan sifatni 
boshqarish— bu sifatni boshqarishning eski uslubidir. Boshqarishning asosida 
xatolar takrorlanishini oldini olish yotadi. Sifatni kompleks boshqarishni mohiyati 
sifatni boshqarishdan va har bir yangi mahsulotni ishlab chiqarishda sifatni 
ta’minlashdan iborat. A walo xatoning belgisini emas, balki birinchi sababini 
bartaraf qilish kerak. Sifatni tanlash — bu sifatni ta ’minlash asosining o'zagidir. 
Sifatni boshqarishni tatbiq qilish va amalga oshirish Yaponiya firmalari «eng 
aw alo — sifat» tamoyili bo‘yicha rahbarlik qiladi. Bu tamoyil yapon sanoat 
korxonalariga sotuv bozorlaridagi kurashda g‘oliblikni ta ’minlab, yuqori m ehnat 
unumdorligi va oz xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqish imkonini 
berdi. Sifatni ta ’minlash deb, iste’molchi talablarini to ‘la qondirish, undan 
uzoq vaqt foydalanish va iste’mol ishonch bilan sotib olish imkonini beradigan 
m ahsulot sifatini kafolatlashga aytiladi. Sifatni ta ’minlash tayyorlovchi va 
buyurtmachi orasidagi shartnomani eslatadi. Sifatni samarali ta ’minlash uchun 
yuqori rahbarlik quyidagi bo‘limlami: ilmiy tadqiqot, rejalashtirish, konstruktorlik, 
ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatishni o ‘z ichiga olgan qattiq siyosatni 
belgilash kerak. Bunday siyosat ulam i detallar va buyumlar bilan ta ’minlovchi 
pudratchilarga tegishli bo ‘lishi kerak, chunki ulam ing qatnashuvisiz sifatni 
ta ’minlash m um kin emas. Yaponiyada sifatni ta ’minlash quyidagi yo‘nalishlar 
bo‘yicha rivojlanmoqda:
1. Nazoratga asoslangan sifatni ta ’minlash.
2. Ishlab chiqarish jarayonini boshqarishga asoslangan sifatni boshqarish.
148


3. 
Asosiy e ’tibomi yangi xildagi mahsulotlami ishlab chiqishga qaratilgan 
sifatni boshqarish. Tarixdan sifatni ta ’minlash samarali nazorat o ‘tkazishdan 
boshlangan. Farbda asosiy e’tibor nazoratni kuchaytirish orqali sifatni ta ’minlashga 
qaratilgan b o ‘lib, maxsus bo‘limlar tashkil qilinib, ularga keng huquqlar berilgan, 
shuning uchun ishlab chiqarish xodimlar orasida nazoratchilar salmog'i juda 
yuqori. 
Yaponiyada esa nazoratchilar 5 % ni, b a’zi bir firmalarda esa 1% 
gacha tashkil qiladi. Asosiy e ’tibor o‘z nazoratiga qaratilganda sifatni nazorat 
qilish b o iim i yoki texnik nazorat sifatni boshqarish bilan shug‘ullangan. Ammo 
nazoratchilar ortiqcha xodimlar b o ‘lib firmadagi umumiy m ehnat unumdorligini 
paysaytiradi, chunki ular hech narsa ishlab chiqarmaydilar. Hozirgi Yaponiyada 
esa ishlab chiqarishning har bir b o ‘g‘ini sifatni ta ’minlashga javob beradi va 
texnik nazorati bolim ining burchi mahsulotni iste’molchi yoki rahbar sifatida 
tekshirishdir. Texnik nazorat b o lim i orqali tekshirilganda teskari yoki qayta 
axborotlar olish uchun ko‘p vaqt kerak b o iad i, shuning uchun aniq mahsulotni 
ishlab chiqaradigan ishga o ‘z-o‘zini nazorat qilib tezlik bilan teskari aloqalar 
o ‘matilib, operativ sozlovchi ta ’sir o‘tkazish ta ’minlanadi. Bunday yondashuv 
ishlab chiqarishdagi nuqsonlar sonini tezda kamaytirish imkonini beradi. Ammo 
ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarida ishchilar nazoratni amalga oshirishi 
m um kin emas. Shuning uchun avtom atik nazorat uslublarini tatbiq qilish 
masalalarini ko‘rib chiqish zam r. Shuningdek statistik qabul nazorati ham 
yetarli deffekt darajasi 1% yoki 0,5% gacha yoxud 0,1% gacha b o isa ham
hozirgi firmalami qoniqtirmaydi. Bundan tashqari ko‘plab 
buyumlar borki, 
ulaming sifatini faqatgina nazorat orqali ta ’minlab bo‘lmaydi. Xullas, nuqsonlam i 
nazorat orqali aniqlash sifatni real ta ’minlashga kafolat bermaydi, chunki nuqson 
sezilganda tayyorlovchi uni sozlab qayta tayyorlashi yoki lomga aylantirishi 
mumkin. Bundan tashqari to ‘g‘rilangan va qayta qilingan buyumning ishdan 
chiqish ehtimolligi yuqori bo ‘lib sifatni ta ’minlashga mutlaqo ziddir. Shuning 
uchun Yaponiya kompaniyalari nazoratning bu usulidan voz kechib, nazoratni 
ta ’m inlashni ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga yoki yangi turdagi 
mahsulotlami ishlab chiqishga asoslangani kabi usullarda har bir korxonalarda 
tuzilgan «sifat to ‘garaklari» shug‘ullanib amaliyotga boshqarishni kompleks 
shakllaridan keng foydalanmoqdalar. Sifatni kompleks boshqarish jamoaviy faoliyat 
bo‘lib, unda firmaning barcha xodimlari — firma prezidentidan tortib ishlab 
chiqarish ishchilarigacha ishtirok etadi. Shuning uchun barcha nuqsonlar 
mahsulotni tayyorlashni oraliq bosqichlarida bartaraf qilinishi, nuqsonlam i ishlab 
chiqarish jarayonida aniqlash shu yeming o ‘zida tugatib barcha bo‘limlar ishlarini 
minimal xarajatlar orqali bajarilishini, boshqarish apparati xarajatlarini keskin 
qisqartirishga imkon beradi. Sifatni ta ’minlash va xatolaming oldini olish uchun 
har bir firma sifatni ta ’minlovchi dastum i rivojlantirish uchun quyidagicha 
choralar belgilashi mumkin:
— nuqsonlaming tashqi ko‘rinishini bartaraf qilish;
149


— to ‘g‘ridan to ‘g‘ri sabablarini bartaraf qilish;
— eng birlamchi sabablami bartaraf qilish; umumiy ko‘rinishdagi sabablami 
bartaraf qilish boshqarishni takomillashtirish va muhim standartlam i qayta ko‘rib 
chiqish bilan bog‘liq. Nazorat qilish uchun har bir firmada texnologik kartalar 
tuzilib, u hammaga ko‘rinarli joyga osib qo ‘yiladi. Unda buyum ishlab chiqarish 
siklining m uddati, donalab ishlab chiqarish vaqti, operatsiyalar ketma-ketligi va 
m e’yoriy ishlab chiqarish boshlanishi ko‘rsatiladi ham da nazorat shakllari 
belgilanadi.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin