tadqiqotchilar shaxsni o'rganishda xarakter nuqtayi nazaridan yondashishni ko‘zda tutadilar. Ya’ni menejerga xos bo‘lgan xarakter shakllantirish mumkin bo‘Isa, bunday sifatlarga ega bo‘lgan kishilami topish mumkin. Tadqiqotlar natijasi ko‘rsatadiki, xarakter xususiyatlarini o‘lchamlari bo‘yicha aniqlash juda qiyin, chunki ba’zi hollarda eng aqllilik ham menejmentda birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lmasligi mumkin. Shunday qilib, aniqlandiki, xarakter xususiyatlari konsepsiyasi kengaydi. Shu munosabat bilan savol paydo bo‘ladi: Menejment fani mavjudmi? Menejmentni o‘rganishga birinchi ulkan qadam ilmiy boshqarish harakatini boshqargan F. Teylor (1856—1915) tomonidan qo‘yilgan. Uni inson samaradorligi emas, tashkil qilish faoliyati samaradorligi qiziqtirdi, u esa ilmiy boshqarish maktabining rivojlanishiga asos soldi. Ilmiy boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqish evaziga menejment ilmiy tadqiqotlarining mustaqil bo'lishi deb tan olingan. 0 ‘zining «Fabrikani boshqarish» (1903) va «Ilmiy menejment prinsiplari» (1911) ishlarida F. Teylor ishchi harakatini xronometraj standartlash usullari va mehnat qurollari yordamida o‘rganishga asoslangan bir qancha mehnatni tashkil qilish usullarini ishlab chiqdi. Uning asosiy boshqarish prinsiplari quyidagicha: agar men kishilami ilmiy asosda tanlab olsam, ilmiy asosda ulami tayyorlasam, ba’zi omillami mavjud qilsam, ish va insonni yagona tizimga birlashtirsam, unda men individual ishchi kuchi tomonidan bajarilganda ko‘proq mehnat unumdorligi olishim mumkin. F. Teyloming asosiy xizmati shundan iboratki, u «Ilmiy boshqarish» maktabi asoschisi sifatida mehnatni me’yorlash asoslarining metodologiyasini ishlab chiqdi, ish operatsiyalarini standartladi, amaliyotga ishchilami tanlab