ham menejmentda islohchi bo‘lgan. Uning g‘oyasi bo‘yicha firma stanoklar va mashinalarga qarashga ko‘p vaqt yo‘qotib odamlar haqida ozi g‘amxo‘rlik qiladi. Shuning uchun insonlarga qarash uchun ham vaqt sarflash maqsadga muvofiqdir. Bu ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik, dam ohsh uchun qulay imkoniyat yaratishdan iboratdir. «Inson munosabatlari» maktabining asoschisi E. Meyo hisoblanadi. U ishchilar guruhi o‘z nazorat tizimiga ega bo‘lgan sotsial tizim ekanligini payqadi. 12
Bunday tizimga ma’lum tarzda ta’sir etib, mehnat natijalarini yaxshilash mumkin deb hisoblagan edi E. Meyo. Natijada «Inson munosabatlari» harakati butun ilmiy harakatga qarama- qarshi turib qoldi. Bu «Inson munosabatlari» harakatida asosiy e’tibor insonlarga qaratilsa, ilmiy boshqarish harakatida esa ishlab chiqarishga qaratilishi bilan bog‘liqdir. Asosiy g‘oya shundan iboratki, kishilarga oddiy e’tibomi qaratish mehnat unumdorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tashkilot samaradorligini oshirish, undagi inson resurslari samaradorligini oshirish orqali amalga oshiriladi. Boshqa ta’Umotlardan rahbarlik uslubini tahlil qilgan va liderlik nazariyasini yaratgan M. P. Folletni ko'rsatish mumkin. «Inson munosabatlari» maktabini rivojlantirishga bir necha motivlashtirish (inglizcha behoreiour — xulq) nazariyasini yaratgan bixeviorist — olimlar katta hissa qo'shdilar. Ulardan biri ehtiyojlaming iyerarxiya nazariyasini yaratgan A. Masloudir. U shaxsiy ehtiyojlaming quyidagi klassifikatsiyasini taqdim qildi. 1. Fiziologik. 2. 0 ‘zining yashashi uchun xavfsizligi. 3. Ijtimoiy (jamoaga mansubligi, muloqot, o'ziga e’tibor, boshqalarga g‘am- xo‘rlik va hokazo).