4. Nufuzlilik (obro‘, xizmat maqomi, qadr-qimmatiga hurmat, izzat). 5. 0 ‘zini ko'rsatish, o‘z imkoniyatidan to‘la foydalanish, maqsadga erishish va shaxsiy o‘sish). «Inson munosabatlari» maktabida D. Makgreger (1960-y.) ta’limoti ham alohida o‘rin tutadi. Uning nazariyasi asosida (X va U) xodimlarga beriladigan quyidagi tavsif asosiy o'rin egallaydi. «X» nazariyasi — o‘rtacha individum, zehni pastroq, mehnatdan bo‘yin tovlashga intiladi, qistash, nazorat va yo‘naltirib turish lozim. Bu toifadagi kishilar, ularga rahbarlik qilishni afzal ko‘radi, mas’uliyatdan bosh tortishga intiladi, faqat o‘z xavfsizligi uchun tashvishlanadi. «U» nazariyasi — kishilar tabiatan passiv bo‘lib yaratilmagan. Ular tashkilotdagi ishlar yaxshi tashkil etilmagani tufayli shunday bo‘lib qolgan. Bu toifadagi xodimlarda jismoniy va aqliy mehnatga intilish dam olishdagi o‘yinday tabiiy va zarur. Bunday kishi nafaqat o ‘ziga mas’uhyat oladi, balki unga intiladi. U o‘zini-o‘zi nazorat qilishga moyillik bo‘lgani uchun tashqaridan nazoratga muhtoj emas. Menejmentda tizimli yondashish boshqarish masalalarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. U rahbarlar tashkilotni odamlar, tarkibiy masalalar, texnologiya, resurslar kabi har tomonlama o‘zaro bog‘liq elementlar to‘plami deb qarashni nazarda tutadilar. Tizimli nazariyaning bosh g‘oyasi shundan iboratki, unda har qanday harakat bir-biridan ajratilgan holda qabul qilinmaydi. Ko‘zda tutilmagan vaziyatlar g‘oyasi shunday paydo bo‘lgan. Uning mohiyati asosini menejer tushib qolishi mumkin bo‘lgan har qanday vaziyat boshqa vaziyat bilan o‘xshash bo‘lishi mumkinligi 13
tashkil qiladi. Ammo uning o‘ziga xos noyob xususiyati borki, bunday vaziyatda