Avtomatlashning ishlab chiqarishga jalb qilinishi xodimlar m ehnat sharoitiga
ko'zga ko ‘rinarli o ‘zgarishlar kiritdi hamda ishlab chiqarishda barqarorlikni
ta ’minlashga sharoit yaratdi:
— qiyin kasblar ro‘yxati va lavozim yo‘riqnomalari keng va xodimlarga
qulay tarzda o'zgartiriladi;
— markaziy xizmatlar ish hajmi kamayadi va m a’muriy apparat qisqaradi;
— mehnatga haq to'lashning qayishqoq (gibkiy) shakliga o ‘tiladi;
— injenerlar, olim lar, ishlab chiqaruvchilar ham m a ishlarni mufassal
bajaradigan jam oalar loyiha-maqsadli guruhlarga birlashadilar.
Yaponiyada quyidagi xususiyatlarga asoslangan xodimlami boshqarishning
o ‘ziga xos xususiyatlari mavjud: ishchini umrbod yoki uzoq muddatlarga yollash;
yillik xizmatlari uchun ish haqini oshirish; ishchilaming firma doirasida tashkil
qilingan kasaba uyushmalarida ishtiroki.
Boshqarishni yapon tipining quyidagi asosiy tamoyili mavjud:
— xodimlar va firmalar hayot faoliyati doirasi va manfaatlarining chatishib,
qo'shilib ketishi: xodimni o ‘z firmasiga yuqori darajada bog‘liqligi: firmaga
sadoqati va uning manfaatlarini himoya qilishga tayyor turishi, unga almashuv
tarzida m uruw at va maxsus kafolatlar taqdim qilinishi;
— jamoatchilik ruhini individuallikdan muhimligi, turli turdagi kichik guruhlar
doirasida kishilaming kichik firma kooperatsiyasini rag‘batlantirilishi; egallagan
lavozimiga qaramay xodimlar orasidagi tenglik muhiti;
— firma yashashini ta ’minlaydigan uch asosiy kuch boshqaruvchilar, qolgan
xodimlar va investorlar manfaatlari ham da ta ’siri muvozanatini saqlash;
— firmalar ish bo‘yicha sherikchilik, jumladan mahsulotni yetkazib beruvchilar
va sotib oluvchilar orasida aloqalami shakllantirish uslubi.
S h u n d ay q ilib , Y ap o n iy ad a x o d im la m i b o sh q arish tiz im i b a n d lik
kafolatlanganligini; yangi xodimlami jalb qilishni, ulami tayyorlashni; ish stajiga
bog‘liq mehnatga haq to ‘lashni; m ehnatga haq to ‘lashni qayishqoq tizimini
ko‘zda tutadi.
Yaponiyada kafolatlangan bandlik m a’lum darajada umrbod yollash tizimi
orqali ta ’minlanib, u xodim 55—60 yoshga yetgunga qadar belgilanadi.
Ammo, yapon firmalarining moliyaviy ahvoli birdaniga yom onlashgan
hollarda ular xodimlami ishdan b o ‘shatishga majbur bo ‘ladilar. Lekin yapon
firmalari tom onidan o ‘z
xodimlariga beriladigan bandlik kafolati ulam ing
m ehnat unimdorligi darajasini oshirish va mahsulot sifati sohasida ham da
ishchilaming o ‘z firmalariga sadoqatini saqlab qolishda erishgan yutuqlari asosini
tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: