Tashkilotning turli bo‘limlari orasidagi aloqalar tavsifiga bog‘liq ravishda tashkiliy stmkturaning quyidagi tiplari mavjud: chiziqli, funksional, chiziqli- funksional (shtabli) va matritsali. B o s h q a r i s h n i n g c h iz i q li t a s h k i l i y s t r u k t u r a s i Bu eng sodda boshqarishning tashkiliy strukturasidir. Unda har bir b o‘lim boshida barcha boshqarish funksiyasini o ‘z qo‘lida to'plagan va unga bo‘ysunuvchi rahbarlarga yagona rahbarlikni amalga oshiruvchi barcha vakolatlarga ega b o ‘lgan yagona rahbar turadi. 56
Chiziqli boshqarishda har bir zveno va har bir bo‘ysunuvchi bir rahbarga ega bo‘ladi, u orqali yagona kanal bo‘yicha barcha boshqarish buyruqlari o ‘tadi. Bunday paytda boshqarish zvenolari boshqarilayotgan obyektlaming barcha faoliyati natijasi uchun mas’uliyatni o ‘zlariga oladi. Boshqarishning chiziqli strukturasida qarorlar zanjiri bo‘yicha yuqoridan pastga beriladi, quyi zveno rahbari yuqori zveno rahbariga bo‘ysunganligi uchun shu mavjud tashkilotning o ‘ziga xos rahbarlik iyerarxiyasi shakllanadi (masalan: uchastka ustasi, muhandis, sex boshlig‘i, korxona direktori). Bunday paytda yakkaboshchilik tam oyili qo'llaniladi: uning m ohiyati shundan iboratki bo‘ysunuvchilar faqat yagona rahbar farmoyishini bajaradi. Boshqarishning yuqori organi bevosita ijrochilar rahbarini chetlab o ‘tib farmoyish bera olmaydi, chunki u boshliq «mening» boshlig‘imning boshlig'idir degan tamoyil o ‘z ta’sirini o'tkazadi. Chiziqli boshqarish strukturasida har bir bo'ysunuvchi o ‘z boshlig‘iga ega b o‘lsa, har bir boshliq bir necha b o‘ysunuvchiga ega b o‘ladi. Bunday struktura boshqarishning quyi darajasi katta bo‘lmagan tashkilotlarda qo'llaniladi.