munosabatlari» maktabidir. Bu maktab uchun hozirgacha sinfiy maktab nazaridan chetda bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonida kishilar xulqining ruhiy motivlari, «guruh munosabatlari», «hamkortik va mojaro» muammolari «kommunikatsion to'siqlar» kabi tushunchalar tadqiqotlar asosi bo‘lib xizmat qildi. Bu munosabatlami rivojlantirishda uning asoschilari E. Meyo va F. Rotlisberger bilan bir qatorda Masachuset texnologiya instituti va Garvard universiteti bir guruh olimlarining hissasi kattadir. Uchinchi maktab — bu empirik maktabdir. Bu maktab o‘ziga xos yo‘nalishga ega bo‘lib, sinfiy maktab va «inson munosabatlari» maktabi bilan uzviy bog‘langan g‘oyalami sintezlashtirishga ahamiyat beradi. Empirik maktab boshqarishga tajribani o‘rganish va uni amalga oshirish deb baho beradi. Bu maktab vakillari nazariy tadqiqotlami amaliy faoUyatga tatbiq qilish bo‘yicha boshqarish masalalarida boshqarish konsultantlari bo‘lib ishlaydilar. Bu maktabning eng ko‘zga ko‘ringan nazariyotchilari Amerika korporatsiyalari bilan bog‘langan bo‘lib, katta menejerlar hisoblanadi. Yana bir yo'nalish — ijtimoiy tizimlar maktabidir. Bu maktab boshqarishni tashkil qilish masalalariga tizimli yondashuvni ishlab chiqadi, butun tizim bilan tizimning bir qismi munosabatlari masalalarini ko‘rib chiqadi va bir qancha 37
o‘zgaruvchi omillar bog‘liqligini o ‘rganadi. Bu maktab (tadqiqotchilari) nazariyotchilari tashkiliy jarayonlami modellashtirish oblasti tadqiqotlari bilan shug‘ullanadilar, belgilangan maqsadga erishish uchun eng qulay kombinatsiyalar ishlab chiqadilar. Bu maktab asoschilari Chester, Bernard, Gerbert Saymonlardir. Maktabda o‘ziga xos oqimlar bo‘lib, ba’zilari normativ yondashuvga, ba’zilari