172760
0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
R.N.TOJIBOYEV, A.J.JO‘RAYEV,
R.X.MAKSUDOV
MASHINA
DETALLARI
О ‘zbekiston R espublikasi O liy va о ‘rta tnaxsus ta 'lim vazirligi
tom onidan darslik sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT -2 0 1 0
www.ziyouz.com kutubxonasi
34.44
Т60
R.N.Tojiboyev, A.J.Jo‘rayev, R.X.Maksudov. Mashina detallari. -
Т.: «Fan va texnologiya», 2010, 216 bet.
Ushbu darslik uch qism dan iborat bo‘lib, texnika oliy o 'qu v
yurtlarining talabalari uchun m o‘ljallangan. Unda mashinalarning detal
va uzellarini hisoblash, ularning issiqlikka, titrashga, yyeyilishga
chidam liligini aniqlashga doir m asalalar yoritilgan. Darslikda zarur
chizmalar, jadvallar hamda nam una sifatida m asalalar yechib ko‘r-
satilgan.
BBK 34.44 я73
UDK:631.5 (075)
Taqrizchilar:
R.I.K arim ov
- professor;
M .Raxm onberdiyeva -
dotsent
№ 776-4101/2010
ISBN 9 7 8 -9 9 4 3 -1 0 -3 7 2 -6
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2010.
www.ziyouz.com kutubxonasi
SO ‘Z BOSHI
Zamon talabiga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislam i
tayyorlashda umuminjenerlik fanlari orasida «M ashina detallari» fani
alohida o ‘rin tutadi. Chunki bu fanda m ashinalam ing tarkibiy qismi
bo‘lmish detal va uzellaming tuzilishi, ishlashi hamda ularning
mustahkamlikka, biktiikka, issiqlik va yeyilishga hisoblashning nazariy
asoslari o ‘rganiladi.
Texnika va texnologiya taraqqiyoti talablari texnika fanlari,
jum ladan, mashina detallari fanidan puxta bilimlarni talab qilmoqda.
Shu munosabat bilan hozirgi zamon talablariga javob beradigan va yangi
dasturga mos keladigan darslik yozish ehtiyoji tug‘ildi.
Darslik 11 bobdan iborat bo‘lib, uning kirish qismi, 1 , 2 - boblarini
prof. A.J.Jo‘rayev, 10, 11-boblarini dots. R.X.M aksudov, qolgan
boblarini dotsent R.N.Tojiboyev yozgan.
Darslikdagi har bir bobning yakunida o‘tilgan m ateriallaming
qanday o ‘zlashtirilgani to‘g ‘risida tekshirish uchun berilgan savol va
topshiriqlar hamda namuna sifatida yechib ko‘rsatilgan masalalar
talabalarning mazkur fanni chuqurroq o ‘zlashtirishga yordam beradi.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi
KIRISH
Xalq xo'jaligini har tom onlama rivojlantirish, mehnat samara-
dorligini oshirish. mahsulot sifatini yaxshilash fan asosida yaratilgan
texnikaga bog‘liq. Texnika va texnologiyaning jadal su r’atlarda
rivojlanishi, avtomatlashtirish va boshqarish tizim ining keng miqyosda
qo ‘llanilishi texnika fanlariga boMgan talabni yanada kuchaytirmoqda.
Shuning uchun loyihalangan mashinalar, ularning detallari mumkin
qadar yengil, yetarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli,
bejirim, davlat standartlariga toMiq mos keladigan boMishi shart. Bundan
tashqari, detallar ishdan chiqqanda ularni yangisiga tez va qulay
alm ashtirishning ham imkoni boMishi zarur.
Sanoatda ish I ati lad i gan barcha m ashinalarda shunday uzel va
detallar borki, bu detal va uzellami alohida guruh sifatida qarab,
loyihalash, hisoblash va uning nazariy asoslarini yaratish mumkin.
M asalan, birikmaiar, o ‘z navbatida tuzilish jihatidan ajralmas va
ajraluvchan birikmalarga boMinadi. Uzatmalar harakatni bir valdan
ikkinchi valga uzatish uchun ishlatiIadigan mexanizm boMib, ular
energiya manbai bilan ishchi val o ‘rtasida o ‘rnatiladi. Harakatni
ishqalanish yoki ilashish yordamida uzatish mumkin.
M ashina detallari fani, asosan, yuqorida k o ‘rsatilgan detal va
uzellarni, v a’ni hamma sanoatda ishlatiladigan mashinalarga xos boMgan
detalllarni loyihalash, hisoblash va hisoblashning nazariy asoslarini
o'rganadi.
Hozirgi zamon dunyo fani va texnikasining rivojiga 0 ‘rta Osiyo
olim larining qo'shgan hissalari beqiyosdir.
Yuqorida ko‘rsatilgan detallarning oddiy ko‘rinishlarini OMta Osiyo
olimlari tomonidan qoM mehnatini yengillashtirish uchun yaratilgan
mexanizm larda ko'rish mumkin. Masalan. buyuk d im Abdul Abbos
Ahmat ibn Muhammad Qasr al-Farg‘oniy (788-yilda tug‘ulgan)
tom onidan yaratilgan mexanik kalendar, burchaklarni oMchash asboblari
va boshqa asboblari. Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn Sinoning
(980-1078) «Aql mezoni» asarida mexanikadagi oddiy sistemalar, ya'ni
chigMrlar, richaglar, bloklar, vintlar va ponalardan tuzilgan mexanizm-
larning ishlash printsiplari batafsil bayon etilgan. Abu Y usuf al-
4
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xorazmiyning «Ilmlarning kaliti» nomli kitobi, Ismoil al-Jazoirning
«Injenerlik mexanikasini bilish» kitobi e ’tiborga sazovordir.
Ushbu keltirilgan olimlar texnikaning rivojlanishiga OMta Osiyo-
ning buyuk allomalari o ‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganligini
isbotlab turibdi.
Hozirda CTzbekistonning texnika sohasidagi olimlari niustaqil
mamlakatimiz fan va texnikasini rivojlantirish, y a’ni yangi mashina va
mexanizmlarni yaratish, hisoblashning nazariy asoslarini yaratishda va
bu mashinalarni loyihalashda salmoqli ishlar qilmoqdalar.
M ashinasozlik ilmiga mamlakatimiz olimlarining quyidagi yangilik-
lari munosib hissa bo‘lib qo‘shildi: yangi o ‘zgaruvchan uzatish nisbatli
tishli uzatmalar; richagli muftalar; zanjirli uzatmalar; uzatish soni
o ‘zgaruvchan boMgan tasmali
uzatmalar; episiklik mexanizmlar;
egiluvchan bo‘gMnli kulisali mexanizmlar. Mazkur yangi uzatma va
mexanizmlar hisoblash va loyihalash asosida ishlab chiqarilib, halq
xo‘jaligida keng miqyosda qoMlanilmoqda. Yangi mashinalarning
nazariy asoslarini yaratish, loyihalash va hisoblashda taniqli olimlarimiz
H.H.Usmonxo‘jayev, F.S.Q o‘ziboyev, R.F.Mahkamov, F.Sh.Zokirov,
A.J.Jo'rayev, R.I.Karimov, Sh.Alimuhamedov, A.D.Glushenko, O.V.Le-
bedov va boshqalarning hissalari katta. Shuningdek, yuqori malakali
mutaxassislarni tavyorlashda fan yutuqlarini o ‘quv jarayoniga tatbiq
qilgan yetuk olimlardan I.S.Sulaymonov, OMA.Ikromov, S.T.Musayev,
A.Qoplonov, B.Davitboyev, S.YoMdoshbekov, A.Hamidov, E.U.Zoirov
va boshqalarning mehnatlari e ’tiborga loyiqdir.
5
www.ziyouz.com kutubxonasi
I bob. M ASHINA DETALLARINI LOYIHALASH ASO SLARI
Dostları ilə paylaş: |