Radioreleli aloqa



Yüklə 65,5 Kb.
səhifə1/2
tarix02.11.2022
ölçüsü65,5 Kb.
#67189
  1   2
Radiorele(1)


Radioreleli aloqa
Radioreleli aloqa (radio... va rele) — qabul qilishuzatish radiostansiyalari zanjiridan iborat avtomatik radioaloka. Bir punktdan qabul qilingan signallar oraliq st-yada kuchaytirilib, ikkinchisiga uzatiladi. Styalar bir-biridan 40–60 km masofada quriladi. Radioreleli aloqada ultraqisqa toʻlqinlardan foydalaniladi. Radioreleli aloqa liniyalari katta sigʻimli (magistral), oʻrtacha sigʻimli (zonali), kam kanalli (temir yoʻl transporti, gaz quvurlari, neft quvurlari va boshqalarda qoʻllaniladigan) liniyalarga boʻlinadi. Har bir liniya imkoniyatini oshirish uchun bir necha (6 ta5 gacha) yuqori chastotali tarmoqlar qoʻllaniladi. Tarmoq lar mustaqil ishlaydi, lekin hammasi umumiy antennadan foydalanadi. Har qaysi tarmoqdan bir vaqtda 600—1000 telefonda gaplashish yoki 1 ta sifatli teledastur uzatish mumkin. Radioreleli aloqada yoʻnaltirilgan kuchli antennalardan foydalaniladi. Birinchi 5 ta telefon kanaliga moʻljallangan Radioreleli aloqa liniyasi 1935 yil AQSH da Nyu-York bilan Filadelfiya orasida qurilgan. Radioreleli aloqa shaharlararo telefon va telegraf aloqasi oʻrnatish, radio va televideniye dasturlarini uzok, masofalarga uzatish, teleboshqarish hamda teleoʻlchash signallarini uzatish maqsadlarida, harbiy ishda qoʻllaniladi.[1]Modulyasiya
Modulyasiya (lot. modulatio — bir tekislilik) — 1) fizika va radiotexnikada — biror oʻzgarmas fizik jarayonni ifodalovchi kattalikning muayyan qonun boʻyicha oʻzgarishi. M. tashqi taʼsir yordamida amalga oshiriladi.

Elektronikada koʻpgina elektron asboblarning ishi elektron oqimlarini M.lashga asoslangan. Mas, kines-koplarda ekranga uzatiluvchi televizion shakllarni hosil qiluvchi elektron nuri intensivligi M.lanadi. Kli-stronlarda elektron oqimining tezligi boʻyicha M.lash oqimda elektronlarni guruxlashga olib keladi. Bu esa, oʻz navbatida, guruxlashgan elektronlar kinetik energiyasini oʻta yuqori chastotali tebranishlar energiyasiga aylantirilishiga olib keladi. Radio- va optik diapazonlarda elektromagnit tebranishlarning hamda akustik toʻlqinlarning M.lari katta amaliy ahamiyatga ega. Maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish, turli tizim va qurilmalarda chastota taqsimotini taʼminlash, signallarning vaqtga bogʻliq parametrlarini oʻlchash uchun texnik qurilma va tizimlarda tebranishlar M.si zarur hisoblanadi. M.jarayonida tebranishning oʻzgaradigan parametrlari (chastotasi, amplitudasi, fazasi)ga qarab uning nomlanishi belgilanadi (chastotali, amplitudali, fazali M.).


Koʻpincha, M.langan signal impuls tarzida, natijasi esa yuqori chastotali impulyelar toʻplami yoki radioimpuls koʻrinishda boʻladi. Hozirgi paytda toʻrt turdagi impulyeli M mavjud: amplituda-impulyeli, chastota-impulyeli, fazaviy-impulyeli va kenglik-impulyeli M. Impulyeli M. uzluksiz garmonik tebranishli M.ga karaganda shovqinga nisbatan kuchaytirilgan tayanchga egaligi bilan ajraladi; 2) yorugʻlik texnikasida — yorugʻlik nuri yorqinligini yoki yorugʻ dogʻ oʻlchamini kelayotgan signallarga muvofiq ravishda oʻzgartirish; ovozni optik usulda yozib olish, fototelegraf va boshqa sohalarda qoʻllanadi.[1]Modulyator (radiotexnika va aloqada) — modulyasiyalovchi qurilma (q. Modulyasiya). Asosan, elektr aloqa va radioeshittirishdagi uzatuvchi qurilmalarning tarkibiy kismi. M.da = 104— 1015 gs chastotali toʻlqinlar yoki garmonik tebranishlar axborot eltuvchi hisoblanadi. Garmonik tebranishlar yoki toʻlqinlarning qanday parametri oʻzgartirilishiga qarab, tebranishlar modu-lyasiyasi amplitudali, chastotali, fazali yoki aralash xillarga boʻlinadi. M.lar ham shunga yarasha har xil boʻladi. Har qanday M.ning asosiy kismi — boshqaruvchi element (tranzistor, elektron lampa, klistron va boshqalar); uning yordamida signal modulyasiyalanadigan tebranishlar yoki toʻlqinlarga taʼsir qiladi.



Yüklə 65,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin