Rahmatullayev Azim Xusniddinovich tomonidan tayyorlangan “Buxoro amirligining ma’muriy bo’linishi va mahalliy boshqaruv” mavzusidagi kurs ishiga taqriz
Rahmatullayev Azim Xusniddinovich tomonidan tayyorlangan “Buxoro amirligining ma’muriy bo’linishi va mahalliy boshqaruv” mavzusidagi kurs ishiga TAQRIZ Mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”i asosida uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi. Shu bilan birga ta’lim turlari to‘g‘risidagi yangi qoidalar hayotga joriy etilmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribalar o‘quv jarayoniga joriy qilinmoqda. Shu sababdan, oliy ta’lim muassasalarining “Tarix” yo‘nalishi talabalariga tarix o‘qitishning har tomonlama nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish hamda tahlil etish dolzarb masalalardan biridir.
Tinglovchining “Buxoro amirligining ma’muriy bo’linishi va mahalliy boshqaruv” mavzusidagi Kurs ishi dolzarb masalaga bag‘ishlangan. Kurs ishida, tinglovchi tomonidan mamlakatimiz sivilizatsiyasini o`rganishda qanday dolzarb muammolar borligi va bu masalalarni hal etish haqida ma’lumot berilgan
Mavzuni talabalarga yetkazishda oliy o‘quv yurtlarida zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash uchun mamlakatimiz sivilizatsiyalari tarixining dolzarb bo`lgan muammolariga yechim topish va o‘rganish jarayonlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tayyorlanayotgan kadrlar har tomonlama yetuk, raqobatbardosh, istiqbolga monand vazifalar qo‘yish va ularni yechishga qodir yuqori saviyada fikrlash madaniyatiga ega, siyosiy - ijtimoiy va ilmiy – texnikaviy axborotlar dunyosida mustaqil o‘z yo‘lini topa oladigan bo‘lishlari uchun zarur ma’lumotlar yoritilgan.
Umuman yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida xulosa qilib,
Rahmatullayev.A tomonidan “Buxoro amirligining ma’muriy bo’linishi va mahalliy boshqaruv” mavzusida bajarilgan kurs ishi talabga javob beradi va ishni ijobiy baholayman hamda himoyaga tavsiya etaman.