1 Raxmatov M.A., B.Z.Zaripov. Klastеr – intеgratsiya, innovatsiya va iqtisodiy o‘sish. T.: Zamin Nashr, 2018 y. 20 bеt. 2 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbеkiston Rеspublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan stratеgiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni. Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o‘zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o‘simlik «oziqlanishi» mumkin bo‘lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi. Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo‘l bilan (masalan, yerni organik va kimyoviy o‘g‘itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan holda sug‘orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo‘llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi. Yerdan olinadigan hosil ko‘proq mana shu yerning tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog‘i ishchi kuchining, jonli mehnatning yerga faol ta’siri bilan bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida sodir bo‘ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo‘lib, asosiy rolni o‘ynaydi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida erdan boshqa barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo‘lishi mumkin. Turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish vositalaridan jamiyat barcha a’zolarining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida foydalaniladi. Hozirgi paytda qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning asosiy ko‘rinishlari klaster, fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaligi shakllarida bo‘lib, ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlarida olib boriladi. Mamlakatimiz miqiyosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar unumdor yerlarga taalluqli bo‘lib, umummilliy boylik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning umumiy maydoni 20236,3 ming gektarni, shundan haydaladigan yerlar 3988,5 ming gektarni, ko‘p yillik daraxtzorlar 383,1 ming gektarni, bo‘z yerlar 76 ming gektarni, pichanzor va