O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: texnologiya fani orqali ijodiy qobiliyatini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi:Karton,qog’oz ,kley,qaychi.tayyor yasalgan tabriknoma namunasi.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan ishlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni.
Hademay o`lkamizga bahor fasli kirib keladi.Qani aytinchi bahor faslida biz qanday bayramlarni nishonlaymiz?
8-mart kuni Onajonlarimiz bayramini,21-mart kuni Navro`z bayramini nishonlaymiz.
Onajonlar bayramiga kimlarni ,qanday sovg`a berib tabriklagansiz?
Onajonimizni,buviyu,opa-singillarimizni,adajonimiz olib kelgan sovg`alar bilan tabriklaganmiz.O`zingiz sovg`a tayyorlab ko`rganmisiz?(javob) Bugungi darsimizda sizlar bilan bayram tabriknomasi yasashni o`rganamiz.Doskaga sana va mavzu yoziladi.
1.O’quvchilar bilan onalar bayrami haqida suhbat o’tkazish.
2.Tabriknoma turlari haqida savol-javob o’tkazish.
3.Onalarning hayotimizdagi ro’li haqida suhbat.
4.Yasalgan tabriknoma namunalarini ko`rib chiqish.
5.Tabriknoma yasash bosqichlarini ko’rsatib berish.
6.O’quvchilar mustaqil yasaydilar.
7.Yasash vaqtida o’quvchilar ishi kuzatib boriladi.
8.Qaychidan foydlnishda texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakliklarini eslatish
9.Shaxsiy gigiyena qoidalaini ham eslatish.
10.Dasda o’quvchilarni tejamkorlikka o’rgatib boorish
IV. Darsni mustahkamlash:
1.Yasab bo’lgan o’quvchilar ishini baholash uchun savol-javob o’tkazaman.
2.Qaysi bayramni yoqtirasiz ?
3.Tabriknomalar nima uchun kerak?
4.Onalar haqida she`r ,ashula,maqol bilasizmi?
V.O’quvchilar ishini baholayman.
VI . Uyga vazifa :Darsda ulgurmagan ishlarini tugatib kelish.
MRO’TIBO’ ____________
Sana:________________________________
Mavzu: Rangli qog’ozdan gullar yasash
Maqsad:Gul yasash haqida tushuncha berish.Badiiy-estetik didni o'stirish, tejamkorlikni tarbiyalash.O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini rivojlantirish,Qaychi va qog’oz bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.