tabiiyki, dastlab ichaklar shilliq pardalarida joylashgan bez hujayralaridan ajraluvchi hazm shiralari tarkibidagi fermentlar ta’sirida parchalanadi va uning parchalanish mahsulotlari hazmlanish darajasiga qarab so'riladi. Shu sababli ham hazmlanish kanali devorlaridan uzoqlashayotgan oziqlar qatlamidagi ovqat hazmi kanalining shilliq pardasidan uzoqlashgan sari moddalaming hazmlanishi va so‘rilishi kamaya boradi. 197
So‘rilish — ichki va tashqi muhit oralig‘ida joylashgan ovqat hazmi kanali devorlarida joylashgan hujayralarga xos bo‘lgan fizioligik jarayondir. M e’dada faqatgina uglevodlar parchalananishining mahsulotlari hamda suv, tuzlar va alkogol juda sekin so‘riladi. 0 ‘n ikki barmoqli ichakda to‘yimli moddalaming uncha katta -8% dan ortiq bo‘lmagan qismi so ‘riladi. So‘rilishining asosiy joyi b o ‘lib och va yonbosh ichak hisoblanadi. odamlaming ichaklarining umumiy so‘mvchi yuzasi 5 m2 ni tashkil etadi. Ichaklaming shilliq pardasida 4 mln. ga yaqin so ‘rg‘ichlar bo‘lib, uning yuzasini 8 martacha kengaytiradi, demak uning yuzasi 40 m2 ni tashkil etadi. Bundan tashqari hilpildoq epiteliyaning har bir kvadrat millimetrli yuzasida so ‘rg‘ichlami o ‘rab turuvchi, faqatgina elektron mikroskop ostida ko'rish mumkin bo‘lgan har qaysisi 50 dan 200 mln. gacha miqdordagi sitoplazmatik silindr shaklidagi o ‘siqliklardan iborat popukli kigizga o ‘xshash epiteliya yopib turadi, demak ichaklaming umumiy so ‘ruvchi yuzasi 500-600 m2 ni tashkil etadi. Har bir so‘rg‘ichga 1-3 arteriolalar kelib tutashgan bo‘ladi. Odamlarda har bir arteriola to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri epitelial hujayralar tagida joylashuvchi 15 tadan 20 gacha kapillyarlarga tarmoqlanib ketadi.