So'rilish bajarilmagan paytda so ‘rg‘ichlar kapillyarlarining katta qismi
faoliyat ko'rsatishmaydi va arteriolalardagi qon bevosita mayda venalarga
o ‘tadi. S o‘rilish paytida so ‘rg‘ichlaming kapillyarlari ochiladi va ulaming
teshiklari kengayadi.
Kapillyarlaming yuzasini deyarli 80% ni epiteliya tashkil etadi,
demak ichaklaming epitelyasi katta yuzada qon bilan to‘g ‘ridan to‘g ‘ri
tutashgan bo‘ladi, ya’ni so‘rilishni ta’minlydi. So‘rg‘ichlarning ichida
limfa tomirlari ham mavjud. Limfa tomirlarida klapanlar bo‘lganligi
sababli limfa so ‘rg‘ichlardan faqat bir tomonga qarab oqadi. Limfa
suyuqligi ko‘krak oqimiga tushguniga qadar albatta biron bir limfa
tugunidan o ‘tadi.
So‘rg‘ichlarda meysnerli bog‘lam bilan tutashgan silliq muskulli
tolalar va nerv turlari bo‘lib ular shilliqosti qatlam tagida joylashgan. Bu
silliq muskulli tolalar qisqarib turadi. Bu paytda so ‘rg‘ichlar torayadi va
ulardagi qon hamda limfa siqiladi, so ‘rg‘ichlar bo‘shashganidan keyin,
to‘yimli moddalaming suvdagi eritmasi epitelial hujayralar orqali o ‘tadi,
ya’ni yana so ‘riladi.
So‘rg‘ichlaming qisqarishi va bo‘shashishi ovqatlangandan keyin bir
necha soat davomida bajariladi. Bundan qisqarishlaming chastotasi 1
198
minut davomida
6
martagacha kuzatiladi.
Ozuqa massalari so‘rg‘ichlaming asosiga tegishi bilan ularning
qisqarishi boshlanadi.
Meysner o‘rimininng ishtirokida qisqarish
chaqiriladi va yuz nervlari ta’sirlanganda esa ularning qisqarishini
tezlashishini chaqiradi.
Me’da shirasi tarkibida ajraladigan xlorid kislota so‘rg‘ichlami
qisqarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ichaklaming shilliq pardasidan
villikininnin gormoni ajralishini ta’min etadi.
Piyoz, sarimsoq piyoz, qalampirlaming suyultirilgan eritmalari
so‘rg‘ichlaming faolligini 5 martadan ortiq tezlashtiradi.
So‘rilish nazariyasi. Dyubua-Reymon (1908) so‘rilishni faqatgina
ximik-fizik jarayoni ekanligi va u osmos, diffuziya va filtrlanish bilan
ta’min etiladi deb taxmin qilgan. Lekin shuni ta’kidlash kerakki so'rilish
jarayoni faqatgina filtrlanishning natijasi emasdir, chunki kapillyarlardagi
qon bosimi 30-40 mm. sim. ust. teng bo‘lsa, ingichka ichaklar yuzasida esa
5 mm. sim. ust. teng, ichaklar qisqarganida uning 10 mm. sim. ust. ortishi
mumkin, ammo so‘rilish u ortishi bilan yana ortaveradi. So‘rilish
jarayonida diffuziya va osmos va diffuziya qonuniyatlariga qarshi
gipotonik eritmalaridan suvni so‘rilishini tushuntirishning imkoni yo‘q.
Itlaming izolyasiya qilingan ichagining kesilgan bo‘lagida so‘rilish
jarayonini o‘rganishda, ichakning ushbu boiagiga qon kiritilishi shuni
ko‘rsatadiki, ichak devorining har ikki tomonida bir xil suyuqlik qon
boiishiga qaramasdan ichak ichidagi qon, biroz muddat o‘tganidan keyin
so‘rilib ketadi. Ichakka narkotik moddalar ta’sir ettirilganida so‘rilish
vaqtincha to‘xtaydi va ichak to‘qimalari oiganidan keyin to iig ‘icha
to‘xtaydi. Bu esa shuni ko'rsatib turibdiki, so'rilish faqatgina fizik-ximik
jarayon boiib qolmay balki ichaklaming mo‘tadil hayot faoliyatida
epitelial hujayralariga xos boigan fizioligik jarayondir.
Buning fiziologik jarayon ekanligini so‘rilish paytida ichaklar
epiteliyasida kislorodni iste’mol qilinishining ortishi va yuzaga keladigan
morfologik o‘zgarishlar ham ko‘rsatib turibdi.
So‘rilish asab tizimi bilan boshqariladi va shartli reflektor y o i bilan
o‘zgarishi mumkin. Asab tizimi so'rilish jarayoniga tomirlar harakatini va
ichaklar motorikasini boshqaruvchi nervlar bilan ta’sir ko‘rsatadi.
Adashgan nerv so‘rilishni tezlashtirsa, simpatik, uyat nervlari keskin
kamaytiradi.
Ayrim ichki sekretsiya bezlari gormonlari (gipofiz, qolqonsimon bez,
me’daosti bezi) uglevodlar so‘rilishini tezlashtiradi.
0
‘t suyuqligi
199
yog‘laming so‘rilishini faqatgina ichaklarda tezlashtirib qolmasdan, balki
me’dada ham so‘rilishini tezlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |